Kokorin kechirim so'radi
05 fev 2019 12:58
Yangiliklar


Kokorin kechirim so'radi
"Zenit" hujumchisi Aleksandr Kokorin oktyabr oyi boshidagi ishi uchun kechirim so'rab ochiq xat yozdi va ayblarini tan oldi.
"Salom! Men, Aleksandr Kokorin muxlislar, jamoadagi yigitlar va murabbiylar shtabidan kechirim so'ramoqchiman. Sportchi sifatida bunday qilmasligim kerak edi, kechiringlar.
Haqoratga bo'lgan reakciyam meyoridan ortiq edi, ammo mojarodan so'ng kechirim so'radim va zararni qoplashga tayyorman. Bu ishdan to'g'ri xulosa chiqardim. Kelajakdagi bo'sh vaqtimni sport va oilamga bag'ishlamoqchiman. Qo'llab-quvvatlash uchun rahmat. Sizning Sashangiz" - deb yozilgan edi maktubda.
Eslatib o'tamiz, aka-uka Kokorinlar, Mamaev va Protasovickiy 8 oktyabr kuni Moskvada ikkita janjal ketltirib chiqargan edi. Buning oqibatida 3 kishi jabrlandi. Sud jinoyatchilarga 2 oy qamoq jazosi tayinlagandi, keyinroq bu muddat yana 2 oyga uzaytirildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar