Koke: "Men "devor"da yotgandim va Pike kelib aytdi: "Tatilda jin-tonik ichayotganingni tasavvur qila olasanmi?"
28 may 2021 18:04
Yangiliklar
Koke: "Men "devor"da yotgandim va Pike kelib aytdi: "Tatilda jin-tonik ichayotganingni tasavvur qila olasanmi?"
"Atletiko" sardori Koke "Barselona" himoyachisi Xerard Pike haqida gapirdi.
Futbolchi kataloniyaliklarga qarshi o'tgan safardagi o'yinni esladi. U Lionel Messi jarima zarbasini pastdan ijro etish ehtimoli sabab "jonli devor"ga yordam tariqasida maydonga yotdi.
"Xerard Pike - aqlbovar qilmas. Men Lionel Messi jarima zarbasini ijro etayotganda "devor" yonida maysaga yotdim. Pike keldi va aytdi: "Huddi sen tatildasan va jin-tonik ichayotganingni tasavvur qila olasanmi?". Menda u bilan juda yaxshi munosabatlar bor", - deydi Koke.
Eslatib o'tamiz, yakunlangan mavsum "Atletiko" Ispaniya chempioniga aylandi.
Fikrlar