Koke "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi
22 fev 2022 23:01
Yangiliklar
"Atletiko Madrid" klubi sardori Koku MYUga qarshi ECHL 1/8 finalidan o'rin olgan birinchi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
Futbolchi "Osasuna"ga qarshi o'yinda jarohat orttirib olgandi va o'yinni noqulay ahvolda yakunlagandi.
Koke klub tomonidan tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Yakunda futbolchi sonidan jarohat olgani malum bo'ldi.
Futbolchi endi tiklanish jarayonini o'tkazadi. Uning qachon safga qaytishi esa nomalum.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi o'yin 23 fevral, soat 01:00 da boshlanadi.
Fikrlar