Koke: "Balki, Suares Messini "Atletiko"ga o'tishga ko'ndirar"

Alisher
12 dek 2020, 13:50
Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Koke "Barsa" hujumchisi Lionel Messining klubga kelishini xohlashini, ammo bu qiyin bo'lishini tan oldi.

"Bu qiyin. Leo faoliyatini "Barselona"da o'tkazdi, Messiga u yerdan ketish qiyin bo'ladi.

Nega endi "Atletiko"ga emas? Do'stlar bilan suhbatlashganda ko'p kulamiz va o'zimizga savol beramiz: Messini qanday qilib "Atletiko"ga olib kelishga ko'ndirish mumkin?

Iqtisodiy jihatdan qiyin narsa, sababi biz uning "Barselona"da ishlayotgan pulini to'lay olmaymiz. Ammo siz hech qachon nima bo'lishini bilmaysiz.

Balki, Suares uni ko'ndirishi mumkin. Bu futbol, bizda ajoyib jamoa bor, o'yinchilarimiz ham zo'r va umid qilamizki, bu "Atletiko" uchun Chempionlar Ligasidagi ajoyib yil bo'ladi", - deydi Koke.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: tribuna.com