Koke "Atletiko"ning 2014 yilgi chempionligi haqida: "O'zimni FIFA o'yinidaman deb o'yladim. O'shanda "Barselona"da Messi, "Real"da esa Ronaldu bor edi, darajani o'zingiz bir tasavvur qilib ko'ring"
14 okt 01:12
Yangiliklar
Koke "Atletiko"ning 2014 yilgi chempionligi haqida: "O'zimni FIFA o'yinidaman deb o'yladim. O'shanda "Barselona"da Messi, "Real"da esa Ronaldu bor edi, darajani o'zingiz bir tasavvur qilib ko'ring"
Koke Messi va Ronaldu davrida La Ligadagi g'alaba taassurotlari bilan bo'lishdi.
"Barselona" Ispaniya chempionati 2013/14 yilgi mavsum 38-turida "Atletiko"ni qabul qiladi. "Matraschilar" chempionlikka erishishi uchun yutqazmasligi etarli edi. O'yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
"Kamp Nou"dagi bahs kuni o'zimni FIFA o'yinidagidek his qildim. Juda asabiylashdim. Maydonga chiqishim va ushbu daqiqalardan zavq olishim kerak edi. La Ligani yutish avlodlar orzusi edi, bu g'alaba chempionatdagi uzoq davom etgan titulsiz yillar va ikkinchi o'rinlardan so'ng ro'y berdi.
O'shanda "Barselona"da Messi, "Real"da esa Krishtianu bor edi. O'zingiz daraja qanday bo'lganini tasavvur qilavering. Bu doim yutishni xohlaydigan raqiblarimiz edi", – deydi "Atletiko" yarim himoyachisi.
Fikrlar
2013-2014 йилдаги чемпионатда Атлетико чемпион бу́лиши бу жамоани футболдаги кахрамонликка солиштирса бу́лади .