Kojo Joel ilk marta Qirg'iziston milliy jamoasiga chaqirildi
18 may 2023 21:42
Yangiliklar
Kojo Joel ilk marta Qirg'iziston milliy jamoasiga chaqirildi
Pro liga to'purari bo'lib turgan Dinamo klubi hujumchisi Kojo Joel ilk marta Qirg'iziston milliy jamoasidan taklif oldi.
O'tgan 4 yil davomida Qirg'iziston chempionatida to'p surib, oila qurgan 24 yoshli ganalik forvard qo'shni mamlakat fuqaroligini olgach, milliy jamoasi sharafini himoya qilishga qaror qildi. Kojo iyun oyi boshida SHtefan Tarkovich qo'l ostidagi Qirg'iziston milliy jamoasi safiga borib qo'shiladi.
Malumot uchun, Qirg'iziston 10-20 iyun kunlari Markaziy Osiyo mamlakat milliy jamoalari ishtirokidagi CAFA Nations Cup-2023 turnirida qatnashadi.
Fikrlar