So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  17 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  4 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

"Ko'hna qita"dagi eng qimmat aka-ukalar Yangiliklar

"Ko'hna qita"dagi eng qimmat aka-ukalar

Teglar :  Pogba IguainAzar
Bugun dunyoning eng yaxshi ligalarida to'p tepuvchi aka-ukalarni ko'rib chiqamiz.

Futbolda o'z o'rniga ega bo'lgan ko'plab sulolalar mavjud. Bundan tashqari, aksariyat aka-ukalar bir vaqtda muvaffaqiyat qozonganliklariga ham ko'p marta guvoh bo'lganmiz.

Masalan, o'tgan yozda Eden Azar 125 million evro evaziga "Real"ga, ukasi Torgan Azar (transfer narxi ochiqlanmagan, lekin o'sha vaqtdagi narxi - 45 mln evro edi) esa "Borussiya D"ga o'tdi. Ular uchun hammasi bo'lib 170 million evro to'landi. Keling, endi boshqa qimmat narxdagi duetlar haqida gaplashamiz. 


6. Pol va Florentin Pogba – 105,5 mln evro

Bir muddat Pol Pogba dunyoning eng qimmat futbolchisi (105 mln evro) edi - bu uchun "Manchester Yunayted"ga rahmat, chunki bu juda katta xarid bo'lgandi. Uning Florentin ismli akasi borligini ko'pchilik eslay olmaydi, hozirda u Liga 2 vakili "Sosho" klubida o'ynaydi.

Malumot o'rnida aytib o'tish joiz, Polning yana bir akasi bor - bu Matias (Florentinning egizagi).  


5. Lukas va Teo Ernandes – 124 mln evro

Lukas Ernandes – "Atletiko" tarbiyalanuvchisi. U bu erda asosiy tarkib o'yinchisiga aylandi va to'rt yil ichida o'z poziciyasidagi eng yaxshilardan biri maqomiga erishdi. Natijada u 80 million evro evaziga "Bavariya"ga ko'chib o'tdi.

Uning ukasi Teo hozircha "eng yaxshi" maqomini olish uchun "ariza topshirmagan", ammo u bundan hech ham xijolat chekmasa bo'ladi: "Real" futbolchining xizmatlari uchun "Atletiko"ga 24 million to'lagan. "Matraschilar" Ernandes tufayli yaxshigina soqqa ishlagan. Teo hozirgi kunda "Milan" bilan muvaffaqiyatli "yurish" qilmoqda.

 

4. Gonsalo va Federiko Iguain - 161,48 million evro

Gonsalo Iguain va uning 90 millionlik transferi haqida ko'pchilik biladi, biroq Argentina terma jamoasining sobiq o'yinchisi Federiko Iguain haqida kamchilik eshitgan.

Hozirgi kunda "Di Si Yunayted"da o'ynayotgan Federiko faoliyatining ko'p qismini AQSH va Janubiy Amerikada o'tkazgan, 2007 yilda "Beshiktosh" sharafini ham himoya qilgan.


3. Eden va Torgan Azar – 170,5 mln evro

Eden Azar – dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri va "Real" u uchun bekorga 100 million evro to'lamadi. Eden Londonda juda yaxshi o'ynadi, uning iqtidoriga tan bergan "CHelsi" darhol ukasi Torgan Azarni sotib oldi. Afsuski, u klubga to'liq kirishib keta olmadi va 2015 yili "Borussiya M" safiga borib qo'shildi. Xabaringiz bor, hozir u boshqa bir "Borussiya", Dortmundning "Borussiya"si yulduzi.

Malumot uchun, ularning yana ikki ukalari bor - Kilian va Itan.  


2. Kilian Mbappe i Jires Kembo-Ekoko – 183,7 mln evro

180 million evro turuvchi PSJning asosiy yulduzi Kilian Mbappeni hamma taniydi, albatta. Qizig'i shundaki, bir vaqtlar uning otasi Kiliandan 11 yosh katta bo'lgan Jires Kembo-Ekokoni asrab olgan.

Ismi mashhur yarim himoyachi Alen Jires sharafiga qo'yilgan Jires Kembo-Ekoko o'z faoliyatini "Klerfonten"da boshlagan, keyinchalik bir necha yil davomida "Renn" asosiy tarkibida o'ynagan. Jires endilikda Turkiyaning "Bursaspor" jamoasida to'p tepmoqda.


1. Romelu va Jordan Lukaku – 207,56 mln evro

Romelu Lukaku "Manchester Yunayted" uchun 88,4 millionga tushgan, u o'shanda tarixdagi eng qimmat belgiyalikka aylangandi. Umuman olganda, klublar kuchli hujumchi uchun har doim yirik summa to'lashgan.

2016 yilda uning ukasi Jordan 4 million evro evaziga "Lacio"ga ko'chib o'tdi. Ayni damda u kelajakdagi klubi haqida o'ylamoqda. Aslida Jordan o'tgan yili "Nyukasl" azosiga aylanishi mumkin edi, biroq tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tolmagandi.

 

SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика