Koentrau o'ziga yangi klub topdi
24 iyu 2019 13:40
Yangiliklar


Koentrau o'ziga yangi klub topdi
Himoyachi Fabiu Koentrau katta ehtimol bilan "Portu" bilan shartnoma tuzadi.
31 yoshli futbolchi klub bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekadi.
Bitim bo'yicha kelishib bo'lingan, faqatgina futbolchining shartnoma imzolashi qoldi xolos.
31 yoshli portugaliyalik o'tgan mavsum "Riu Ave" klubida o'ynadi.
U yakunlangan mavsum klubi safida barcha turnirlarda 23ta o'yinda maydonga tushib, 5ta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchi "Riu Ave"dan tashqari "Benfika", "Nasonal", "Real Saragosa", "Real", "Monako" va "Sporting" klublarida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar