So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  17 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  5 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  11 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Klubni "Atletiko"ga qiyoslagan hamda legionerlarsiz ispancha uslubdagi jamoa qurmoqchi bo'lgan Luisma Ernandes "Metallurg"da qanday faoliyat olib bordi? Yangiliklar

Klubni "Atletiko"ga qiyoslagan hamda legionerlarsiz ispancha uslubdagi jamoa qurmoqchi bo'lgan Luisma Ernandes "Metallurg"da qanday faoliyat olib bordi?

Bir necha kuni ilgari "Metallurg" klubi ikki tomon kelishuvi asosida ispaniyalik bosh murabbiy Luisma Ernandes bilan shartnomani bekor qilganini malum qildi.

Yangi mavsumda bekobodliklar uch o'yinda uch ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 12-o'rinda borayotgandi. Dastlabki ikki uchrashuvda o'z darvozasidan javobsiz 6 ta to'p qabul qilib olgan "madanchilar" so'nggi bellashuvda g'alaba qozonganiga qaramay, bosh murabbiy bilan xayrlashdi. Xo'sh, ispan murabbiyining klubdagi faoliyati qay darajada o'tdi?

2004 yildan yashil maydondagi faoliyatini boshlagan Luisma Ernandes 2011-2014 yillarda “Barselona” akademiyasida texnik direktor bo'lib ishlagan. 2014-2016 yillarda Quvaytning “Al Yarmuk”, 2016-2017 yillarda esa Ispaniyaning “Las Zokas” klublari bosh murabbiyi bo'lgan Ernandes 2018-2020 yillarda esa Janubiy Koreyaning “Tegu” yoshlar jamoasini boshqarishi barobarida asosiy jamoada tahlilchi murabbiy sifatida xizmat qildi. 2020 yilda esa “Real Madrid Foundation” xalqaro loyihalari bo'yicha texnik direktori lavozimida ishladi. 2021 yildan esa Bekobodning “Metallurg” qoshida ochilgan “El Golazo Academy Powered by Real Madrid” futbol akademiyasiga koordinator lavozimiga taklif etildi. 27 oktyabrda esa “Metallurg” bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Istefoga chiqqan Jasur Abduraimov o'rniga kelgan Ernandes "Metallurg"ni qabul qilib olganida klub turnir jadvalida 12-o'rinda borayotgandi.

Luismaning debyuti omadsiz kechdi — bekobodliklar "Navbahor" maydonida 0:1 hisobida yutqazdi. 21 noyabrda esa murabbiy dastlabki g'alabani tantana qildi, jamoa o'z maydonida "Turon"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Ernandesning postga kelishi oz bo'lsa-da foyda berdi — bekobodliklar mavsumni 10-o'rinda yakunlandi.

Ernandes intervyularidan birida jamoasini "Atletiko Madrid"ga qiyoslagandi: "Hozirgi o'yinimizni "Atletiko Madrid"ga qiyoslash mumkin. CHunki asosiy urg'u natijaga qaratilmoqda va shunga mos uslubda o'ynayapmiz. Biroq keyingi mavsumdan boshqa jamoalarga o'xshasak kerak".

2022 yilgi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada olib borgan Luisma shogirdlari chempionatni ko'tarinki kayfiyatda boshladi — dastlabki turda AGMK mag'lub etilgan bo'lsa, 2-turda "Nasaf" maydonida bir ochko qo'lga kiritildi. Umuman olganda, "Metallurg" dastlabki uch turni mag'lubiyatsiz o'tkazdi.

Garchand ispancha uslubdagi jamoani qurishni maqsad qilgan bo'lsa-da, Luisma buni faqat mahalliy futbolchilar bilan amalga oshirishi lozim edi: "Yil boshida tuzilgan shartnomamda legioner olmaslik borasida band bor. SHu sabab ham, shu paytgacha faqat mahalliy futbolchilar bilan ishlab keldik. Klub siyosati mahalliy o'yinchilarni tarbiyalab etishtirish hisoblanadi".

1 sentyabr kuni mutaxassis Championat.asia saytiga intervyu berdi. Unda mutaxassis yangi mavsumda klubga ispaniyalik futbolchilarni olib kelish niyati borligi aytib o'tgandi.


15 noyabr kuni Qaysi jamoa chempion bo'lishini emas, futbol chempion bo'lishini xohlagan hamda o'zbek tilini mukammal o'rganish istagi bo'lgan mutaxassis bilan amaldagi shartnoma bir yilga uzaytirildi. Klub esa mavsumni o'tgan yilgidagi singari 10-pog'onada yakunladi.

Joriy mavsum avvalida esa Turkiya safaridan bebahra qolgan Superligadagi yagona klub Toshkentda yig'in olib bordi. Ispaniyalik murabbiy jamoaga yaratilgan sharoitlardan ranjiganini bir necha bor takidlab o'tdi.

Ernandesning fikri qay darajada to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligi bizga qorong'i, biroq bu Superliganing yangi mavsumida o'z salbiyligini ko'rsatmay qolmadi — bekobodliklar dastlabki ikki turda ketma-ket yirik — 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu natija hamda sharoitlar borasida o'zaro bahslashuvlar ham ispaniyalik murabbiy bilan xayrlashish uchun sabab bo'ldi. Tarkibga jalb etilgan legionerlar ham o'z o'yinlarini ko'rsata olmadi. 

Rasman: "Metallurg" ispaniyalik murabbiy bilan shartnomani bekor qildi

Jamoani kim boshqaradi?

Jamoani Superliga 4-turi doirasidagi "Paxtakor" bilan o'yinga yordamchi murabbiy Ilyos Qurbonov tayyorlaydi va o'yinda ham o'zi boshqaradi. "Metallurg" jamoasining keyingi bosh murabbiyi ham katta ehtimol bilan xorijdan bo'ladi. Klub allaqachon xorijlik mutaxassis bilan aloqaga chiqqan va tomonlar yaqin kunlarda muzokaralarning so'nggi bosqichini o'tkazishadi.

"Luisma Ernandesning ketishi natijaga bog'liq emas, nomzodlar orasida xorijlik murabbiy favorit bo'lib turibdi" — "Metallurg" bosh direktori

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика