So’nggi yangiliklar

19:11"Mirabror Usmanov Cup-2024". Финал учун Ўзбекистон таркиби маълум  0 19:05Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:1 (матнли трансляция)  203 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  1 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  44 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  21 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  7

Klublarni xususiylashtirish. Qachon bu bosqichga to'liq etib kelamiz? (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

Klublarni xususiylashtirish. Qachon bu bosqichga to'liq etib kelamiz? (Bekzod Tolibov blogi)

Teglar :  Futbol
Klublarni xususiylashtirish xususida avval ham ko'p gapirilgan. Bu jarayon hozir ham davom etayapti.

Sohaga aloqador mutaxassislar fikr bildirayapti, jurnalistlar tahlil va xulosalarga asoslanib ayni masala yuzasida maqola elon qilishayapti. Lekin o'zbek futbolida klublarni xususiylashtirish borasida ishlar xamon o'zining jadal ko'rinishiga chiqmayapti. Bu borada jonli misollar yo'q emas, masalan hozirgi kunda xususiy klub deyilganida birinchi bo'lib Yaypanning "Turon" klubi ko'z oldingizga keladi. SHuningdek moliyaviy imkoniyatlar tufayli Pro-ligani tark etishga majbur bo'lgan "Oq-tepa" va "Istiqlol" klublari ham xususiy sanalardi. Toshkentning "Oq-tepa" klubi joriy mavsumdan barcha chempionatlardagi ishtirokini yakunladi. Bu xolat klubning batamom tugatilganligini anglatadi. Farg'onaning "Istiqlol" klubi esa garchi Pro-ligani tark etgan bo'lsa ham yosh futbolchilardan iborat tarkibni saqlab qoldi va joriy mavsumdan boshlab tashkil etilayotgan U-18 chempionatida ishtirokini davom ettirmoqda. Va bu orqali klub kelasi yildan Birinchi ligada qatnashish huquqiga ega bo'ldi.



Xususiy klub deganda o'zi nimani tushunamiz? Barchangiz tushunib turganingizdek, davlat tomonidan moliyalashtirilmaydigan, yani o'zini-o'zi taminlaydigan klub. Bunda davlat byudjetidan pul olmaydigan klub o'z harajatlarini qanday qoplaydi? Tizimdagi ishchi-xodimlar, futbolchilarning maoshlari, uy va safar uchrashuvlari harajatlari kabi chiqimlarni qanday qoplaydi? Yoki qaysidir chempionatda ishtirok etishi uchun badal to'lovlarini qaerdan oladi? Klublarni licenziyalash uchun qo'yiladigan talablarda, masalan Superliga klubida asosiy jamoa, U-21 o'rinbosarlar, U-18 yoshlar va minimum U-16 ayollar jamoasi bo'lishi shart. Bundan tashqari klub o'zining futzal jamoasiga ham ega bo'lishi haqidagi talab ham bor. SHundan kelib chiqsak bitta Superliga klubi umumiy aytsak 200 nafar atrofidagi futbolchi va ishchi-xodimlar uchun harajat qiladi. Xususiy klubda tasischi va xomiy bunga moliyaviy tomondan turib berishi lozim, hozirgi kunda bizdagi xolat shunday. Agar tizimni to'g'ri tashkil etib borsak, kelajakda futbol klublari orqali daromad topishimiz mumkin, lekin avval o'sha jarayonga qadar etib borishimiz kerak. Nega deganda hozir bizda teletranslyaciyalar sotuvi orqali klublar pul topmaydi. SHuningdek klublardagi marketing ishlari bo'yicha ham maqtana olmaymiz, "Qizilqum"da faoliyat olib borayotgan himoyachi Islom To'xtaxo'jaev o'z intervyusida bizda marketing Xitoy chempionatlaridan ancha ortda qolayotganini aytib o'tdi. To'g'ri, futbolchining bu fikrlari kimgadir yoqdi yoki yoqmadi, lekin borimiz shunaqa va u ko'rganlaridan kelib chiqib rostini aytdi.




O'zPFL teletranslyaciyalar orqali klublarni daromadga olib kirish, bosqichma-bosqich badal to'lovlarini bekor qilish ustida ishlamoqda. Bu amaliyotning joriy qilinishi kelajakda milliy chempionatlarimizda xususiy klublar ishtirokini ng ko'payishiga (yashab qolishiga) olib keladi. Bu musobaqa tashkilotchisining klublarga beradigan yordami bo'ladi. Lekin klublarning o'zlari bu borada (daromad topishda) qanday ishlashlari kerak? Jahon amaliyotiga razm solsangiz, futbol klublari topayotgan daromadlarning aksariyat qismi transferlardan keladi. Ular futbolchi etishtiradi, uni kuchliroq liga ishtirokchisiga sotadi va shu orqali klubning sarf-harajatlarni qoplaydi. SHuningdek ularda teletranslyaciyalar va marketingdan keladigan daromad ham bor. Ijrochilari kirim va chiqimni to'g'ri tashkil etgan klublar tabiiy xolda boy va kamida 5 yillik rejaga ega bo'ladi. Xo'sh, bizda qanday? Teletranslyaciyalar va badal to'lovlari bo'yicha ishlar olib borilayotgani xususida aytib o'tdik, lekin bular xususiy klub faoliyati uchun etarli bo'ladi deb hisoblash to'g'ri emas. Klublar qoshida futbol akademiyalarning mavjud bo'lishi tizimdagi jamoalar uchun tashqaridan futbolchi sotib olinishiga ketadigan sarfning oldini oladi. Masalan Qarshining "Nasaf" klubi (xususiy klub deb nazarda tutilayotgani yo'q) jamoalarini asosan o'z akademiyasidan etishib chiqqan futbolchilar bilan to'ldiradi, shuningdek kerak bo'lsa transferlardan ham pul topadi.

Hozirgi kunda bizda futbol klublarida marketing tizimlari butunlay ishlamayapti deb ham bo'lmaydi, mazkur sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislar mehnatini ham qadrlash kerak. Ular ham harakat qilayapti, izlanayapti albatta. Lekin etarli darajada emas. Endilikda bozor iqtisodiyoti sharoiti yangicha innovacion yondashuvni talab etadi. Raqobat muhitida yashab qolish uchun marketing va media ham klublar daromadlariga o'z hissasini qo'sha olishi lozim. Hozirda futbol klublarimiz chiptalar savdosi, stadionlardagi reklama bannerlari va jamoalar liboslaridagi turli brendlarning joylashtirilishi kabi yondashuvlar evaziga daromad topish amaliyotini yo'lga qo'yishdi. Bu albatta yaxshi, juda yaxshi, klublar o'z-o'zlarining harajatlarini qoplashni o'rganmoqda. Lekin bular ham etarli emasdek ko'rinmoqda. CHunki yuqorida keltirganlarimiz, yani daromad kelayotgan manbalar ham xususiy klubning to'liq harajatlar smetasini qoplay olmaydi, yana qandaydir yangicha yondashuvlar kerak.



O'zPFL futbol klublarida faoliyat olib borayotgan marketing va media vakillari ishtirokida tashkil etgan seminarda ijtimoiy tarmoqlar orqali ham daromad topish mumkinligi haqida takidlandi. Bu to'g'ri va hozirgi kunning talabi shunday. Klublar ijtimoiy tarmoqlar orqali daromad topishi bosqichiga allaqachon etib keldik. O'zbekiston aholisi 35 millionga etgan bir vaqtda ular orasidagi internet foydalanuvchilarini qanchalik ko'p qismini o'ziga jalb eta olgan klub ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalar orqali ham pul topishi mumkin albatta. Bularni gapirish oson, lekin amalda tashkil etish uchun esa kuchli mutaxassislar, marketing va media uyg'unligi kerak.


Bekzod Tolibov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика