Klublarimizning raqiblari haqida malumotlar
08 fev 2014 10:27
Yangiliklar

Klublarimizning raqiblari haqida malumotlar
OCHLning keyingi mavsumidan boshlab mamlakatlar o'rinlari ochkolar koefficenti asosida hisoblanadi.
SHu sababli saralash bahslarida ishtirok etayotgan klublar o'z davlatlariga ochko keltirish uchun bor kuchlari bilan harakat qilishlari tayin. “Nasaf” bugun Doxada “Al Jaish” mehmoni bo'ladi. Yangi murabbiy qo'l ostida muvaffaqiyatli o'ynayotgan “Jaish” hamyurtlarimizga katta muammolar yaratishi tabiiy.
“AL JAISH” SPORT KLUBI
Tashkil etilgan yili: 2007
Stadioni: “Qatar” SK, 12 ming tomoshabinga mo'ljallangan
Rahbari: Hamad Ali Al Attiya
Bosh murabbiyi: Nabil Malul (Tunis)
O'tgan mavsum Qatar chempionatida uchinchi o'rinni egallagan.
Erishgan yutuqlari: Qatar Kubogi sohibi 2013, Qatar birinchi ligasi g'olibi 2011.
2007 yil tashkil etilgan jamoa 2011 yil yuqori ligaga yo'llanma olgan. Debyut mavsumida ikkinchi, avvalgi yili esa uchinchi o'rinni egalladi. Ayni paytda turnir jadvalida peshqadam “Lahviya”dan 7 ochkoga ortda qolgan holda ikkinchi pog'onada bormoqda. Jamoaga Razvan Luchesku o'rniga tunislik Nabil Malul bosh murabbiy etib tayinlangach, ushbu klub qatorasiga uch uchrashuvda g'alaba qozondi. Malul Tunis futbolidagi eng mashhur futbolchilardan biri bo'lgan. O'tgan yili milliy terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangandi. Lekin “Al Jaish”dan tushgan taklif uni Qatarga yo'l olishga chorladi. Hozir jamoadagi ruhiy holat juda yaxshi. Tarkibga braziliyalik tajribali hujumchi Nilmar qo'shib olindi. OFK saytidagi ro'yxatda uning ismi ko'rsatilmagan, lekin klublar birinchi bahsga bir hafta qolganda futbolchilarni almashtirish imkoniyatiga egalar. Bizningcha, doxaliklar Nilmarni ro'yxatga kiritib ulgurishgan. SHuningdek, yana 6 nafar boshqa mamlakatlarda tug'ilgan, lekin Qatarda legioner hisoblanmaydigan futbolchilar bor. Xorijlik o'yinchilar sifatida qoraytirib ko'rsatilgan futbolchilar zayavkaga kiritilgan.
Darvozabonlar
1. Fahad Bakir
33. Ahmad Sufiyan
90. Ivanildo Rodriges (Braziliya)
91. Saud Al Xatir
Himoyachilar
2. Murod Naji
3. Abdulla Suami
4. Anderson Martins (Braziliya)
6. Rami Fayoz (Iordaniya)
8. Yusuf Musta
19. Abdurahmon Abkir
21. Ali Sanad
25. Abdulla Ali
95. Rashid Al Hajri
96. Jassim Abdulrahmon
Yarim himoyachilar
5. Muhammad Jabri
7. Vesam Rizq
14. Muhammad Meznani (Tunis)
17. Go Seul Ki (Janubiy Koreya)
22. Dokali Sayyod (Liviya)
23. Xolid Abdurauf
27. Ahmad Mo'in
Hujumchilar
9. Kalu Uche (Nigeriya)
10. Jires Ekoko (Franciya)
12. Majid Muhammad
15. Abdulqodir Bakir
20. Vagner Ribeyro (Braziliya)
29. Muhammad Muntari (Gana)
NABIL MA'LUL
Tug'ilgan sanasi: 25.07.1962
Tug'ilgan joyi: Tunis
Futbolchilikdagi ampluasi: yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: 1981–1989 “Tunis”, 1989–1991 “Gannover”, 1991–1994 “Tunis”, 1994–1995 “Bizert”, 1995–1999 “Afrikan”, 1999–2000 “Al Ahli”.
Boshqargan jamoalari: 2011–2013 “Tunis”, 2013 Tunis milliy terma jamoasi, 2014 yildan “Al Jaish”da.
“Lokomotiv” esa shanba kuni “Paxtakor” Markaziy stadionida Quvaytning eng mashhur ikki jamoasidan biri sanalgan “Quvayt” SK bilan maydonga tushadi. OFK Kubogining uch karra g'olibiga qarshi bahs uchinchi bosqich yo'llanmasi sohibi nomini aniqlab beradi.
“QUVAYT” SPORT KLUBI
Tashkil etilgan yili: 1960
Stadioni: “Al Quvayt” SK, 18 ming tomoshabinga mo'ljallangan
Rahbari: Abdulaziz Al Marzuq
Bosh murabbiyi: Marin Ion (Ruminiya)
O'tgan mavsum Quvayt chempionatida birinchi o'rinni egallagan.
Erishgan yutuqlari: 11 karra Quvayt chempioni (1964–65, 1967–68, 1971–72, 1973–74, 1976–77, 1978–79, 2000–01, 2005–06, 2006–07, 2007–08, 2012–13), 9 marta Quvayt Amiri Kubogi sohibi (1976, 1977, 1978, 1980, 1985, 1987, 1988, 2002, 2009), 5 bor Quvayt SHahzodasi Kubogi sohibi (1994, 2003, 2008, 2010, 2011), 3 marta Quvayt federaciyasi Kubogi egasi (1992, 2010, 2012), Quvayt Superkubogi sohibi (2010), 3 karra OFK Kubogi sohibi (2009, 2012, 2013).
Ushbu jamoa oxirgi yillarda OFK Kubogida juda muvaffaqiyatli qatnashayotgani bilan ko'pchilikning etiborini tortib ulgurgan. Besh yilda 3 bor OFK Kubogiga ega chiqqan quvaytliklar endi kuchlarini OCHL saralash bahslarida sinab ko'rishadi. Ruminiyalik murabbiy Marin Ion boshchiligida jamoa 2 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Ikki bor OFK Kubogida zafar quchildi. Tarkibda braziliyalik Rojerio, eronlik Nekunam va tunislik Hammami va Jemaa singari tajribali, mahoratli futbolchilar mavjud. Quvaytda ham mavsum ayni qizg'in pallada. Ion shogirdlari hozircha “Qodisiya”ni uch ochkoga ortda qoldirishyapti.
“Quvayt” SK hozirga qadar o'zbek klublari bilan 6 bor to'qnash kelgan. Ularning bittasida g'alaba qozonib, 4tasida imkoniyatni boy bergan, yana bir bahs durang bilan tugagan. “Nasaf” bilan 1:2 va 1:2, “Neftchi” bilan 1:0 va 0:1, “Paxtakor” bilan 0:1 va 1:2 natijalarini qayd etgan.
Darvozabonlar
1. Musab Al Kandari
22. Badir Al Azmi
Himoyachilar
2. Yoqub Al Tohir
3. Fahad Avad
38. Yusuf Yoqub
Yarim himoyachilar
8. Abdulloh Burayki
10. Rojerio Koutino (Braziliya)
13. CHadi Hammami (Tunis)
15. Volid Juma
18. Jarroh Al Atiqi
20. Husayn Hakim
31. Sami Sana
33. Fahad Homud
37. SHerida SHerida
Hujumchilar
6. Javad Nekunam (Eron)
7. Fahad Al Enazi
16. Xolid Al Azmi
17. Issam Jemaa (Tunis)
Marin ION
Tug'ilgan sanasi: 25.03.1955
Tug'ilgan joyi: CHiorogarla, Ruminiya
Futbolchilikdagi ampluasi: himoyachi
O'ynagan jamoalari: 1975-85 “Dinamo” Buxarest 279 (4), 1985–1986 “Bixor” 28 (1), 1986 “Viktoriya” 13 (0), 1986–1987 “Rapid” 26 (1).
Boshqargan jamoalari: 1992–1996 “Petrolul”, 1996–1997 “Farul”, 1998–1999 “Petrolul”, 2000–2001 “Astra”, 2001–2002 “Dinamo”, 2003–2004 “Farul”, 2004–2005 “Kluj”, 2006 “Dinamo”, 2007–2009 “Farul”, 2009 “Dinamo”, 2009–2011 “Al Ittifoq”, 2011 “Dubay”, 2012 yildan “Quvayt” SKda.
Behzod NAZAROV.

Fikrlar