Klublarimizning OCHLdagi raqiblari milliy chempionatlarda qanday natija qayd etishyapti?
09 apr 2021 21:05
Yangiliklar
Klublarimizning OCHLdagi raqiblari milliy chempionatlarda qanday natija qayd etishyapti?
Xabaringiz bor, musobaqada yurtimiz sharafini 2 jamoa himoya qiladigan bo'ldi. Olmaliqning AGMK klubi A guruhidan o'rin olgan bo'lib, musobaqadagi ishtirokini 15 aprel kuni boshlaydi. Mirjalol Qosimov shogirdlariga Saudiya Arabistonining "Al Hilol", Tojikistonning "Istiqlol", Birlashgan Arab Amirliklarining "SHabab Al Ahli" jamoalari raqiblik qiladi.
Malumot uchun, "Al Hilol" ayni paytda Saudiya Premer-ligasida peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, "SHabab Al Ahli" futbolchilari BAA chempionatida 3-o'rinni egallab turibdi. Tojikistonda esa milliy birinchilik bahslari endi start olmoqda.
Toshkentning "Paxtakor" klubi B guruhidan o'rin olgan bo'lib, musobaqadagi ishtirokini 14 aprel kuni boshlaydi. "SHerlar"ga Eronning "Traktorsozi", Birlashgan Arab Amirliklarining "SHarja", Iroqning "Al Quva" jamoalari raqiblik qiladi.
Malumot uchun, "Traktorsozi" ayni paytda Eron pro-ligasida 5-o'rinni egallab turibdi. "SHarja" BAA birinchiligida 4-pog'onada borayotgan bo'lsa, "Al Quva Al Javiya" Iroq chempionatida etakchilik qilyapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar