So’nggi yangiliklar

23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  5 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  6 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  1 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  4 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:06"Пахтакор" йирик агентлик мижози бўлган ироқлик футболчига кўз тикди  8

"Klublarimizda hamon eski metodika, futbolchining shunchaki vaqti o'tib ketyapti" - jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassis Islom Musulmonov bilan intervyu Yangiliklar

"Klublarimizda hamon eski metodika, futbolchining shunchaki vaqti o'tib ketyapti" - jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassis Islom Musulmonov bilan intervyu

So'nggi yillarda etibor qaratadigan bo'lsak, klublarimiz jismoniy tayyorgarlik, fitnes murabbiyligiga xorijdan mutaxassislarni jalb qilishmoqda.

Savol tug'ilishi mumkin, bizda ham shunday murabbiylar yo'qmi? Bor albatta. Aynan futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi, mushaklari, muskullari bilan ishlash bo'yicha murabbiy Islom Musulmonovni futbol ichidagilar yaxshi tanishadi. Ushbu mutaxassis "Turon", "Qo'qon-1912" jamoalarida faoliyat olib borgan. Ayni vaqtda Qirg'iz Respublikasining "Alay" jamoasida bosh murabbiyga ko'maklashyapti. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha Islom Musulmonovni suhbatga chorlash asnosida ayrim fikrlari bilan qiziqdik. Murabbiy dastlab bu sohaga kirib kelishi haqida gapirib o'tdi. 

— Ko'p narsa orzuga bog'liq, deb o'ylayman. O'zbekiston futbolida jismoniy tayyorgarlik holati yaxshi emasligini bilardim. Aksariyat do'stlarim futbolchi edi. Men esa personalni atleti edim, xolos. fitnes bilan shug'ullanib yubrganimda Abdul Aziz Yusupov bilan mashg'ulot o'tkazgandim. Keyinchalik taqdir taqozosi sabab Koreyaga ketdim. Xudo meni u erda futbol mutaxassisi bilan uchrashtirdi. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha kerakli materiallarni oldim, ko'p narsa o'rgandim, deb o'ylayman. Bir kuni Davron Xoshimov va SHerzod Karimovga o'zining kamchiliklarini aytdim, ular esa birga ishlash taklifini bildirishdi. O'shanda Davron 1 oy ichida 10kg vazn tashladi. Keyinchalik boshqalar qiziqa boshladi. Karantinda onlayn yakka tartibda ishlash istagini bildirganlar ham ko'paydi. Natijalar yaxshi bo'lgach o'zimga ishonchim ortdi. 



— O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan klubda ishlagim keldi. Bu paytda Javohir Sohibov "Turon"ga kelib qo'shildi. Bosh murabbiy Islom Ismoilov meni tanirdi, ukasi Muzaffar Muzaffarovni jarohatdan forig' bo'lishiga yordam berganman. "Turon" rahbarlari menga kerakli barcha sharoitlarni yaratib berdilar, maksimal ishlab yordam berishga harakat qildim. 2020 yilni chempion sifatida yakunladik. Ishonch uchun Islom Ismoilovga rahmat aytaman. 


— Vitaminizaciya jismoniy holatga tasir qiladigan asosiy faktorlardan biri, deb ayta olaman. To'g'ri ovqatlanish jismoniy tayyorgarlikning 70 foizini tashkil qiladi. Futbolchini tez tiklaydi. Reakciyasini sekinlashtirmaydi. Futbolchi katta kaloriya yo'qotadi. Ketgan kaloriyani to'ldirish uchun vitaminizaciya kerak. Qo'shimcha vitaminlar qabul qilingandan keyin fitnes zalga chiqish zarur. Bizda fitnes zalga kam kirgizishadi. Zalda nima bo'lsa, hammasida ishlash kerak, degan narsa yo'q. Ayrim klublarimizning zaldagi mashg'ulotini ko'rib asabiylashib ketaman. Futbolchining shunchaki vaqti ketyapti. To'g'ri mashg'ulot qilmaslik natijasida jarohatlar ko'payadi. Futbolchining muskuli oddiy atletniki bilan bir hil emas. Mashg'ulotni bilmasdan fitnes zalga olib chiqishni tavsiya qilmayman. Xorijlik murabbiylar kelgani bilan bizda mentalitet noto'g'ri. Ovqatlanish bolaligidan boshqa, professional klubda boshqa tizmda. Ayrim futbolchilar buni qabul qilishni istamaydi. To'g'ri ovqatlansa, faoliyati uzoqqa cho'ziladi. Organizm yaxshi ishlaydi. Bizda ko'p jamoalarda eski metodika. Klublarimizni mashg'ulot jarayonlarini kuzatib boraman. Nimadir foydali narsa ko'rsam olaman. 

— O'tgan mavsumda Qo'qonga meni Baxtiyor aka Azamovich taklif qilganlar. "Qo'qon-1912"da ishlaganimdan xursandman. Jamoa ahil va inoq edi. Fikrimcha, moliyaviy muammolar, tashkiliy masalalar pand berdi. Futbolchining trikchiligi, futboldan oladigan maoshiga kun kechiradi. SHu sabab jamoada kayfiyat yo'qoldi. Ikkinchi davrada tayinlangan Grigoriy Ayrapetov klub uchun jon kuydirdi, maoshlarni hal qildilar. Faqat kechroq bo'ldi. Agar ertaroq hal qilinganida balki boshqacha bo'larmidi, deya olaman. Umuman olib qaraganda tarkibimizda kuchli saviyadagi futbolchilar yig'ilgan edi. Lekin har bir kasbda kayfiyat muhim rol o'ynaydi. Kayfiyat yaxshi bo'lsa, ishga yondashuv o'zgaradi. 

— Qirg'izistondagi faoliyatimga kelsak, shu yil Davron Fayziev Qo'qonga yordam berish uchun taklif qildilar. Farg'ona viloyati hokimi kubogida ishlab yurganimda "Alay"dan taklif bo'ldi. Boz ustiga bu vaqtda Qo'qon jamoasi bilan hali shartnoma tuzmagandim. "Alay"ning maqsadlari menga yoqdi. Bunday maqsadlar klubdagi har bir odamning faoliyatida yangi sahifa ochadi. Xudoga shukur, Qirg'iz Respublikasi Superkubogini qo'lga kiritdik. Bu jamoa bilan katta cho'qqilarni zabt eta olamiz.  Bosh murabbiy Oybek aka Mamurboevich yaxshi kutib oldilar. Klub rahbarlari g'alaba,sovrinlar uchun bor energiyasini sarf qiladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика