So’nggi yangiliklar

15:54"Ливерпуль" ярим ҳимоячисини 17,5 млн еврога сотмади  1 15:16"Боруссия" форварди Францияга йўл олади  0 14:47Париж-2024. Ўзбекистонлик ҳакамлар ярим финал ўйинини бошқариб боришади  3 14:31Ашурматов "Химки"дан учралган мағлубиятга изоҳ берди  0 14:07Альвареснинг агенти келаси ҳафтада "Ман Сити" билан музокаралар ўтказади. Клуб ўйинчини 40-50 млн еврога сотмайди  1 13:39"Ливерпуль" Робертсонга ўринбосар топди  0 13:105та гол урилган "Андижон" — ОКМК ўйини ёҳуд олмалиқликларнинг даҳшатли камбэкидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 12:50Футзал. ЖЧ-1992. Пеле томоша қилган ҳамда онасининг қорнида тўп тепишни бошлаган ялангоёқ болакайнинг энг яхши ўйинчига айлангани ҳақида ҳикоя қиламиз  0 12:36"Атлетико" Альварес учун 47+12 млн фунт таклиф қилмоқда, "Ман Сити" 70+20 млн хоҳламоқда. Мадридликлар пессимистик кайфиятдалар  3 12:05Гвардиола Англия терма жамоасининг қизиқишини изоҳлади  0 11:37Галлахер Испания клубига ўтишга яқин  1 11:05Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Юнайтед" - "Ливерпуль" 0:3, Каземиро "замах" га алданди  2 10:48FourFourTwo футбол тарихидаги энг яхши марказий ҳимоячилар рейтингини тузди   15 10:20«Бавария» ҳимоячисини «Манчестер Юнайтед»га сотишга рози бўлди  3 09:53«Барселона» ва «Реал Мадрид» АҚШдаги ўзаро учрашувидан қанча пул ишлаб олгани маълум  11

Klublarimiz qaysi firmalarni tanlamoqda? Yangiliklar

Klublarimiz qaysi firmalarni tanlamoqda?

Hademay oliy liga bahslari ham boshlanadi. Jamoalar yangi mavsumga o'zgacha tayyorgarlik ko'rmoqda.
Ayrim klublar o'tkan yilgi mavsumdagi xatolardan kerakli xulosa chiqargan xolda, uni bu yil takrorlamaslikka urinayotgan bo'lsa, bazi jamoalar yanada professionallik sari intilmoqda.



Fevral oyiga kelib elita vakillari yangi mavsum uchun qaysi firma mahsulotidan foydalanishi deyarli malum bo'lib qoldi. “Paxtakor” odatdagidek “Adidas” liboslaridan foydalanadi. Bilishimizcha ushbu firma bilan “sherlar” foydali kelishuvga erishgan. “Bunyodkor” ham odatiga ko'ra “Jako”da qoldi. Agarda etibor bersangiz bu yil ushbu firma “Qaldirg'ochlar”ga yangicha dizayndagi ekipirovkalarni taqdim etdi. Toshkentning yana bir klubi “Lokomotiv” esa joriy mavsum ham Ispaniyaning “Joma” firmasi mahsulotidan foydalanadigan bo'ldi. Qarshining “Nasaf” jamoasi esa “Paxtakor” kabi “Adidas” firmasi bilan kelishuvga erishgan. Etiborlisi mazkur to'rt jamoa tizimidagi barcha futbol klublar, akademiya tarbiyalanuvchilari va hakozo... Asosiy tarkib qaysi firma libosini kiysa shundan foydalanadi. Bu ham professionallikning bir namoyoshidir.



Xo'sh, oliy liganing qolgan klublari qaysi sport firmasi bilan kelishuvga erishmoqda. Aytishlaricha o'tgan yili “Joma” epikirovkalaridan foydalangan “Mashal” bu yil “Patric” firmasi bilan hamkorlikni yo'l qo'yarkan. Lekin hozircha jamoa azolariga epikirovkalar taqdim etilmagan.



“Navbahor”da ham huddi shunday vaziyat bo'lishi mumkin. CHunki “lochinlar” ayni damda “Macron” sport firmasi mahsulotlarini ko'rib chiqmoqda. Dizayn bo'yicha “Joma”dan qolishmaydigan ushbu firma mahsulotidan o'tgan yili birinchi liga jamoasi “Spartak” (Buxoro) foydalanganini aytib o'tish lozim. Namanganliklar ham hozircha aniq to'xtamga kelib ulgurmagani uchun jamoa azolari turlicha kiyinib yuribdi.



Igor SHkvirin boshqaruvidagi “Olmaliq” bu yil “Joma” emas “Adidas” firmasi mahsulotlaridan foydalanishni maqul topdi. Jamoa barcha azolariga aynan ushbu “Adidas” firmasining epikirovlarini taqdim etdi.

“Neftchi”ni “Joma” bilan kelishuvni yana bir yilga uzaytirganini ko'rish mumkin. Aytish lozimki, ushbu firmaning Toshkentda rasmiy dilerlik do'koni ochilganidan so'ng birinchilardan bo'lib aynan “Neftchi” rasmiy shartnoma imzolagan. Farg'onaliklar bu yil ham ushbu sport firmaning mahsulotlaridan foydalanmoqda. Jamoa Turkiya yig'iniga jo'nab ketish oldidan barcha azosini “Joma” epikirovlari bilan kiyintirib qo'yganini ko'rish mumkin. Bilishimizcha “Neftchi” “Joma”ning Toshkentdagi dileri bilan istiqbolli kelishuvga erishgan. Buni chempionat davomida ko'rish mumkin.



Mochinov boshchiligidagi “Buxoro”ning bu yilgi liboslari O'zbekiston milliy terma jamoasiga taqdim etilgan epikirovlarni eslatib yuboradi. Jamoa Turkiyaga jo'nab ketish oldidan barcha futbolchilarni bir hilda kiyintirib qo'ygani tahsinga loyiq. SHuningdek ushbu jumlani Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga nisbatan ham ishlatish mumkin. “Konchilar” Turkiyaga ketish oldidan bir xilda kiyinib, safarga jo'nab ketdi.

Oliy liga debyutantlari “SHo'rtan” va “Qo'qon-1912” bu yil ham “Joma”da qolishga qaror qildi. G'uzorliklar allaqachon mavsum boshlanmay turi futbolchilarini ushbu sport firmasining epikirovlari bilan kiyintirib qo'yganini ko'rish mumkin.



SHuningdek qo'qonliklar ham hal to'liq bo'lmasda, “Joma” firmasining mahsulotlarini harid qilgan.
Boshqa qolgan klublar “Metallurg”, “So'g'diyona”, “Andijon”ning hozircha qaysi sport firmasining formalaridan foydalanishi bizga qorong'u bo'lib turibdi. Balki ular bu yil ham “Joma” tanlovida qolar.
SHuningdek bu yil birinchi liga va futzaldagi barcha klublar “Joma” sport firmasi bilan hamkorlik qilishga kelishib olgani haqida malumotlar bor.

Darvoqe, har yili klublar o'z futbolchilari va ishchi xodimlariga sport kiyimlarini sotib oladi. Biroq hamma jamoada ham o'sha epikirovkalar o'z egasiga etib bormasligini aytish mumkin. Xususan jamoa ravnaqi yo'lida ishlaydigan matbuot kotiblari uchun yuqoridagi xolatlar ko'p ishlatiladi. Bazida eshitib qolamiz, butun mavsum mobaynida jamoa hayotini matbuotda yoritib boradigan matbuot kotiblari nomiga qog'ozda epikirovlar yozilar ekanu lekin aslida o'sha liboslar rahbarlarni orqasida turgan “tankasi”ga sovg'a qilinadi. “Matbuotda bizni himoya qilib turing” deb og'zini gupirtirib gapiradigan rahbar va murabbiylar bunaqa paytda hech nimani bilmagan xolda turaveradi. Xurmatli jamoa rahbarlari o'z matbuot kotibinglarga nisbatan bunday hunik ishlarni amalga oshirmang. Nahotki butun mavsum mobaynida 4-5ta o'yinda maydonga tushib yuradigan futbolchidan ularni past ko'rsangiz!

“championat.asia” esa bu yil ham o'z xodimlariga “Joma” liboslarini taqdim etishni o'z rejasiga kiritgan.


P.S. “championat.asia” bu xolatni yanada o'rganadi va mavsum boshlanganida qaysi klubda vaziyat qanday ekanligini surishtiradi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика