So’nggi yangiliklar

10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  1 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  3 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  2 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  8 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  2 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  18 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  15 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  13 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21

Klublarimiz OCHLda qanday ishtirok etishdi? Yangiliklar

Klublarimiz OCHLda qanday ishtirok etishdi?

Osiyo chempionlar ligasida 3 ta klubimiz omadsiz ishtirok etib guruhda qolib ketdi.

O'z guruhlarida ular bilan deyarli bir xil ochko jamg'argan “Lokomotiv” klubi guruhda peshqadam bo'lib keyingi bosqich yo'llanmasini naqd qildi. Kuni kecha “temiryo'lchilar” “chorak final” javob uchrashuvida BAAning “Al Ayn” jamoasiga qarshi o'yinda kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ushbu uchrashuvdan so'ng 4 klubimizning OCHLda qanday ishtirok etgani to'g'risida yozishga qaror qildik.  

“Bunyodkor”

Bu yil Osiyo chempionlar ligasida birdaniga 4 jamoamiz ishtirok etdi. Bizda milliy chempionatimiz hali boshlanmay turib klublarimizdan birinchilardan bo'lib “Bunyodkor” jamoasi katta sahnaga chiqdi. O'tgan yili “pley-off” bosqichidan o'tib guruh bahslariga qo'shilgan “qaldirg'ochlar” bu yil ham o'z ananasida sodiq qoldi. “Qaldirg'ochlar” “pley-off” bahsini o'z uyida o'tkazib BAAning “Al SHabab” jamoasini (2:0) hisobida mag'lub etishgandi. Ushbu o'yinda “Bunyodkor” klubi g'alaba qozonishiga barcha birdek ishongandi. CHunki, bizda hali chempionat boshlanmagan, futbolchilar esa kuchga to'lgan payti edi. BAAda esa chempionat ayni qizg'in pallaga kelgan edi. “Bunyodkor” klubi ushbu uchrashuvda “Al SHabab” jamoasini mag'lub etib guruh bosqichi bahslariga qo'shilgandi. Biz bundan juda ham xursand bo'lgan edik. Sababi, OCHLda 1 emas 2 emas naqd 4 ta jamoamiz ishtirok etdi. Guruh bosqichida ham “Bunyodkor” klubi o'z yurishini qolgan jamoamizga qaraganda birinchilardan bo'lib boshlab berdi. Guruhdagi ilk uchrashuvni “qaldirg'ochlar” Saudiya Arabistonining “Al Nasr” klubiga qarshi o'tkazdi. Ushbu uchrashuvda vakillarimiz juda ham chiroyli o'yin ko'rsatib 2 ta to'p farqi bilan oldinga o'tib olgandi. Lekin, himoyadagi qo'pol xatolar tufayli Murod Zuxurov o'z darvozasidan 2 ta to'p olib chiqqandi. Ilk o'yindagi tayyor g'alaba qo'ldan chiqarilgandi. Ushbu durang natija raqibni ham “Bunyodkor” jamoasini ham qoniqtirmasdi. Toshkentda bo'lib o'tgan javob o'yinida “Al Nasr” jamoasi “Bunyodkor”ni kichik hisobda mag'lubiyatga uchratdi va Toshkentda o'z uyiga 3 ochko bilan qaytdi. Ushbu mag'lubiyat “Bunyodkor” jamoasi uchun juda ham alamli bo'lgandi. Har bir jamoa musobaqada keyingi bosqichga chiqishi uchun o'z uyidagi o'yinlarda iloji boricha maksimal natija qayd etish kerak. “Bunyodkor” esa guruhdagi uchrashuvlarning hech birida g'alaba qozonmadi. Eronning “Zob Ahan” klubi bilan bo'lgan o'yinda “qaldirg'ochlar” o'z uyida raqiblariga 1 ochkoni taqdim etishdi. Javob o'yinida esa qashqatqich mag'lubiyatni qabul qilib olishdi. Guruhdagi so'nggi ikkita turda esa Qatarning “Laxviya” klubi bilan bahs olib bordi. Ikki jamoa o'rtasidagi dastlabki uchrashuv Toshkentda bo'lib o'tgandi. O'shanda “Laxviya” jamoasi Toshkentda muxlislar ko'z o'ngida “qaldirg'ochlar”ni 2:0 hisobida taslim etishgandi. Ushbu bahsdan so'ng “Bunyodkor” klubi javob uchrashuvida qanday natija qayd etsa ham guruhdan chiqa olmasligi oydinlashib qolgandi. Javob uchrashuvi “Bunyodkor” mehmonda nursiz durang qayd etib 1 ochko bilan qaytib keldi. “Bunyodkor”ning o'tgan yilgi OCHLdagi ishtirokiga qaraydigan bo'lsak, o'shanda ham “pley-off” bosqichidan o'tib guruhda qolib ketgandi. Bu yil ham mana shu natija takrorlandi.



“Paxtakor”

OCHLning guruh bosqichida “Paxtakor” klubi O'zbekiston chempionatining amaldagi chempioni sifatida ishtirok etdi. Boshqa ikki jamoamiz qayd etgan natijalarga qarab hulosa qiladigan bo'lsak, bu yil OCHLning guruh bosqichida “Paxtakor”ga shunchaki omad etishmadi. CHunki, boshqa bir jamoamiz “Lokomotiv” o'z guruhida 10 ochko jamg'argan holda birinchi o'rinni egallab “pley-off” bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan edi. “Paxtakor” esa o'z guruhida 10 ochko jamg'arib uchinchi o'rin bilan kifoyalanib keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kirita olmagandi. Endi “Paxtakor”ning guruhdagi ishtirokini ko'rib chiqsak. Guruhdagi ilk uchrashuvda “Paxtakor” o'z uyida Saudiya Arabistoni klubi “Al Hilol”ni qabul qilib Davron Hoshimovning so'nggi daqiqada raqiblar darvozasiga kiritgan goli evaziga mag'lubiyatdan qutilib qolgandi. Agarda “sherlar” ushbu uchrashuvda g'alaba qozonganda balki guruhdan chiqqan bo'larmidi, bilmadim. Saudiyada bo'lgan javob uchrashuvida esa “Paxtakor” OCHLdagi ilk mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. Eronning “Traktorsozi” jamoasi bilan Toshkentda bo'lgan ilk o'yinda “Paxtakor” yagona gol evaziga 3 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, Tabrizda bo'lgan uchrashuvda “sherlar” 2:0 hisobida mag'lub bo'lib Toshkentga qaytib kelishgandi. So'nggi 2 ta tur uchrashida “Paxtakor” klubi BAAning “Al Jazira” jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra “sherlar” raqiblarini 6:1 hisobida taslim etishdi. SHunday bo'lsada “Paxtakor”da guruhdan chiqish uchun imkoniyat saqlanib qolgan edi. Faqat “sherlar” bor etiborlarini guruhdagi ikkinchi uchrashuvga qaratishlari kerak edi. O'sha bahsda “Traktorsozi” Tabrizda “Al Hilol”ni qabul qilgandi. Bir qarashda hammasi risoladagidek edi. “Paxtakor” klubini ular qayd etadigan durang natija ham qoniqtirardi. Lekin uchrashuvning 71 daqiqasiga kelib “Al Hilol” tarkibida harakat qilgan Ailton raqib darvozasini ishg'ol qildi va o'z jamoasiga muhim bo'lgan g'alabani taqdim etdi. “Paxtakor” jamoasini guruhdan chiqishlari uchun 1 ochko etmadi. SHu tariqa “Paxtakor” ham o'z yurishini guruh bosqichidayoq to'xtatdi.



“Nasaf”
Qarshining “Nasaf” klubi klublarimiz ichida OCHLda omadsiz ishtirok etgan uchinchi jamoa bo'ldi. “Ajdarlar” bu yil OCHLning guruh bosqichida bir marotaba g'alaba nashidasini surishdi. Qolgan uchrashuvlarning 2 tasida durang natija qayd etgan bo'lsa, qolgan 3 tasida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Qarshiliklar OCHLning guruh bosqichidagi ilk uchrashuvida Saudiya Arabistonining “Al Ahli” klubiga qarshi bahs olib bordi. Ushbu bahsni kuzatgan bo'lishingiz tabiiy. O'sha o'yinda yaponiyalik hakam Ryuji Sato “Nasaf” klubi futbolchilarini bir necha bor ogohlantirdi, xattoki Erkin Boydullaevga 76 daqiqada yo'q joydan ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatib maydondan chetlatgandi. Nima bo'lganda ham “ajdarlar” safardan alamli mag'lubiyat bilan uylariga qaytib kelishdi. Javob o'yinida ham ilk o'yindagi natija qayd etildi. Faqat, bu safar “Nasaf” g'alaba qozondi. Ushbu o'yindagi gollarga “ajdarlar” futbolchilari Maqsud Karimov va Bobur Abduholiqov mualliflik qilishdi. O'yin qarshiliklarning to'liq ustunligida o'tdi. Guruhdagi 3-turda “Nasaf” juda ham kuchli raqibga qarshi mexmonda bahs olib bordi. Qatarning “Al Jaish” klubi o'z uyida Qarshining “Nasaf” jamoasini qabul qildi. Uchrashuv teng kurashlar ostida o'tdi. O'yinning so'nggi daqiqasiga kelib raqib jamoa futbolchisi Sardor Rashidov Eldor Suyunov qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qiladi. “Nasaf” ushbu bahsda ham ochko yo'qotadi. Javob o'yinida esa tomonlar nursiz durang qayd etib 1 ochkodan bo'lishib olishadi. Guruhdagi so'nggi ikki turda “Nasaf” BAAning “Al Ayn” klubiga qarshi bahs olib boradi. Qarshida bo'lgan o'yinda jamoalar 1:1 durang natijasini qayd etishadi. Gollarga “Nasaf” klubidan Maqsud Karimov muallif qilgan bo'lsa raqib jamoasidan esa Danilo Asprilla Eldor Suyunov darvozasini ishg'ol qiladi. javob o'yinida esa “Al Ayn” jamoasi “Nasaf”ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratadi. SHu bilan “Nasaf” OCHLning bu yilgi musobaqasida guruhda 5 ochko jamg'argan holda qolib ketadi.



“Lokomotiv”
Yuqorida aytib o'tganimizdek Toshkentning “Lokomotiv” klubi o'z tarixida ilk OCHL musobaqasida chorak finalga qadar etib keldi. “Temiryo'lchilar” guruh bosqichidan shu ergacha qanday ishtirok etganini sarhisob qilib chiqsak.

“Lokomotiv” klubi o'tgan yili OCHLning guruh bosqichida juda ham omadsiz ishtirok etgandi. Bu yil esa o'z guruhlarida birinchi o'rinni egallab “pley-off” bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. “Temiryo'lchilar” “Al Nasr” (BAA), “Al Ittixod” (Saudiya Arabistoni), va “Sepaxon” (Eron) jamoalari bilan “A” kvartetidan joy olishgandi. “Lokomotiv” guruhdagi ilk uchrashuvni o'z uyida “Al Ittixod”ga qarshi o'tkazib (1:1) hisobidagi durang natijani qayd etishdi. Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan javob uchrashuvida ham birinchi o'yindagi kabi hisob qayd etildi (1:1). 2-turdagi uchrashuvni “temiryo'lchilar” Eronda “Sepaxon” mehmoni bo'lishdi. noqulay ov-havo bo'lishiga qaramay “Lokomotiv” safar “Sepaxon”ni 2:0 hisobida mag'lub etib 3 ochko bilan Toshkentga qaytishdi. Ushbu g'alabadan ruhlanib ketgan toshkentliklar javob o'yinida ham “Sepaxon”ni mag'lub etishdi 1:0. Guruhdagi so'nggi 2 ta turda “Lokomotiv” klubi BAAning “Al Nasr” jamoasi bilan bellashadi. Ilk uchrashuvda “temiryo'lchilar” safardan 1 ochko bilan qaytishadi. Toshkentda bo'lib o'tgan javob o'yinida esa nursiz durang qayd etiladi. SHunday qilib “Lokomotiv” o'z guruhida 10 ochko jamg'argan holda guruhda birinchi o'rinni egallab “pley-off” yo'llanmasini qo'lga kiritadi. “Pley-off”da esa Saudiya Arabistonining “Al Hilol” jamoasiga to'qnash keladi. Saudiyada bo'lgan ilk uchrashuvda tomonlar nursiz durang qayd etishadi. Toshkentda bo'lib o'tgan javob bahsida esa ”Lokomotiv”ning qo'li baland keladi (2:1). Ushbu o'yindagi gollarga “Lokomotiv” jamoasidan Islom To'xtaxo'jaev va SHerzod Fayziev mualliflik qilgan bo'lsa “Al Hilol” klubidan Muhammad Al SHlxub o'yin yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganida Ignatiy Nesterov darvozasini ishg'ol qiladi. “Lokomotiv” klubi tarixda ilk bor chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Ushbu bosqichda “temiryo'lchilar”ga BAAning “Al Ayn” jamoasi to'qnash keladi. BAAda bo'lgan dastlabki o'yinda ikkala jamoa ham o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoladi (0:0). Toshkentda bo'lgan javob uchrashuvida “Lokomotiv” juda ham alamli mag'lubiyatni qabul qilib oladi. O'yinning 38-daqiqasida “Al Ayn” klubi futbolchisi Lukas Fernandes Kaio Ignatiy Nesterov qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qiladi. ushbu gol o'yinda yagonaligicha qoladi va “Al Ayn” yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritadi. “Lokomotiv” esa o'z yurishini mana shu erda to'xtatadi.



Klublarimizning OCHLda qayd etgan bunday natijalaridan so'ng OFK jamoalarimizning keyingi yilda OCHL musobaqasida ishtirok etishlari uchun bizga 1+2 kvotasini taqdim etdi. Bu klublarimiz uchun biroz yoqimsiz holat. Sababi, bu yil ichki chempionatimizda birinchi o'rinni egallagan jamoa to'g'ridan-to'g'ri OCHL guruh bosqichida ishtirok etishi mumkin. Ikkinchi va uchinchi o'rinni egallagan jamoalar “pley-off” bosqichida o'tish o'yinida ishtirok etadi. Ayni damda chempionatimizda “Lokomotiv” yakka peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o'rinlarni “Bunyodkor” hamda Qarshining “Nasaf” jamoalari egallab turipti. Bu yilgi chempionatda ikkinchi va uchinchi o'rinlarni egallash uchun “Metallurg”, “Buxoro” va “Qizilqum” jamoalarida imkoniyatlar etarlicha. Lekin “Paxtakor” klubining ishlari bu yil unchalik o'xshamayapti. Agarda “sherlar” chempionatda shunday yo'sinda ketishda davom etsa, keyingi yilgi OCHL musobaqasida ishtirok etishdan ham quruq qolishi mumkin.

Jahongir Sotvoldiev

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика