Klublar o'rtasidagi JCH: ketma-ket 11-marotaba Evropa jamoalari g'alaba qozondi
23 dek 2023 08:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/773763_original.jpg)
![](/upload/storage/773763_220.jpg)
Klublar o'rtasidagi JCH: ketma-ket 11-marotaba Evropa jamoalari g'alaba qozondi
Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ketma-ket 11-marotaba Evropa jamoasi g'alaba qozondi.
"Manchester Siti" bu yilgi musobaqa finalida "Fluminense"ni mag'lubiyatga uchratdi (4:0).
2012 yilda "CHelsi" "Korintians"ga 0:1 hisobida yutqazgandi. O'shandan beri faqat Evropa jamoalari musobaqada g'olib bo'ladi. Ushbu oraliqda "Real" 5 marta, "Bavariya" 2 marta, "Barselona", "Liverpul", "CHelsi" va "Manchester Siti" 1 martadan musobaqada g'olib bo'lgan.
Umumiy hisobda musobaqada Evropa jamoalari 16 marta, KONMEBOL klublari esa 4 marta g'alaba qozongan. Boshqa qita vakillari esa ushbu turnirda yuta olishmagan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar