So’nggi yangiliklar

10:27Пау Кубарси ХХI асрда ушбу натижага эришган энг ёш футболчиси бўлди  0 09:51«Манчестер Юнайтед»нинг яна икки нафар футболчиси жароҳат олди  3 09:24ЦСКА бош мураббийи Файзуллаев ҳақида фикр билдирди  1 08:55Суперлига жамоалари қайси бренддаги либослардан фойдаланади?  1 08:32ОКМК футбол клуби янги футболчиларни таништирди  1 08:03U-18 терма жамоамиз навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  2 07:35EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  12 03:00ЕЧЛ. "Бавария" ўз уйида "Байер"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Барселона" эса ўн киши бўлиб меҳмонда "Бенфика"дан устун келди  55 02:55ЕЧЛ. ПСЖ "Ливерпуль"га қарши ўйинда катта устунлик қилиб, сўнгги дақиқаларда ўз дарвозасидан тўп олиб чиқди  51 00:39ЕЧЛ. "Интер" нимчорак финалнинг илк ўйинида меҳмонда "Фейеноорд"ни мағлуб этди  10 00:23"Бавария"га "Лейпциг" ҳимоячиси Лукеба ёқади, аммо у жуда қиммат. Кейинги йилларда товон пули 90 млн евродан 65 млн еврога тушади  0 23:14Эндрик "Реал"ни тарк этиши мумкин  4 22:10"Барселона" Эл Ҳилалини мақсад қилган  2 21:21ЖЧ саралаши. БАА КХДР билан ўйинни ўзига қулай бўлган майдонга кўчира олди  23 21:00"Ҳусановни биринчи марта кўрганимда, "Янги ван Дейк ўсиб бормоқда" деб айтганман"  12

"CHelsi" qo'shimcha bo'limlarda "Palmeyras"ni mag'lubiyatga uchratib, klublar o'rtasida jahon chempioni bo'ldi Yangiliklar

"CHelsi" qo'shimcha bo'limlarda "Palmeyras"ni mag'lubiyatga uchratib, klublar o'rtasida jahon chempioni bo'ldi

Angliyaning "CHelsi" klubi Braziliyaning "Palmeyras" jamoasini mag'lubiyatga uchratdi.

"CHelsi" – "Palmeyras" 2:1

Gollar: Romelu Lukaku 54', Rafael Veyga 64', Kay Xavertc 117'

"CHelsi": 16. Eduar Mendi, 2. Antonio Ryudiger, 6. Tiago Silva, 4. Andreas Kristensen (31. Malang Sarr 91'), 29. Kay Xavertc, 19. Meyson Maunt (10. Kristian Pulishich 31'), 28. Sesar Aspilikueta, 8. Mateo Kovachich (22. Xakim Ziesh 91'), 7. Ngolo Kante, 20. Kallum Xadson-Odoi (17. Saul 76'), 9. Romelu Lukaku (11. Timo Verner 76').

Zaxira: 1. Kepa Arrisabalaga, 13. Markus Bettinelli, 3. Markos Alonso, 18. Ross Barkli, 14. Trevo CHaloba, 5. Jorjino, 23. Kenedi.

"Palmeyras": 21. Ueverton, 22. Xoakin Pikeres, 13. Luan, 15. Gustavo Gomes, 2. Markos Rosha (16. Deyverson 117'), 8. Ze Rafael (30. Jailson 60'), 28. Danilo, 14. Gustavo Skarpa, 23. Rafael Veyga (20. Eduard Atuesta 77'), 7. Dudu (29. Rafael Navarro 102'), 10. Roni (11. Vesli 76').

Zaxira: 42. Marselo Lomba, 31. Mateus Oliveira Mende, 26. Murilo Serkeyra, 4. Benxamin Kushchevich.

Ogohlantirishlar: Vesli 105', Luan 115, Abel Fereyra 120+1'

Qizil kartochka: Luan 120+5'


120+7. O'yin yakunlandi! "CHelsi" - chempion!

120+5. Luanga qizil kartochka ko'rsatildi!

120+3. O'yin hamon davom etmoqda!

120+1. "Palmeyras" murabbiyi Abel Fereyraga sariq kartochka ko'rsatildi.

120. To'rtinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

120. O'yinning so'nggi daqiqasi boshlandi! Uchrashuv harorati juda yuqori!

117. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Havertc hisobni oshirdi!

115. Penalti! Aspilikueta zarba berganda to'p raqib futbolchisi qo'liga tekkan! "Palmeyras" darvozasiga penalti!

114. VAR orqali ehtimoliy penalti ko'rib chiqilmoqda. 

113. Ziesh to'pni o'ng qanotdan jarima maydonchasi tomon havolab uzatdi, ammo to'pni darvozaga aniq yo'llaydigan futbolchi topilmadi.

111. Vernerning jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan zarbasi birozgina noaniq ketdi.

108. "CHelsi"ning hech bir hujum xavfli tus olmayapti.

106. So'nggi - to'rtinchi bo'lim boshlandi!

105+2. Uchinchi bo'lim yakuniga etdi.

105. Qo'shimcha bo'limlarning dastlabkisiga 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

100. Verner ajoyib imkoniyatni golga aylantira olmadi!

99. Sarr uzoq masofadan kuchli zarba berdi, to'p esa muxlislar tomonga uchib bordi.

97. Angliyaliklar to'pni o'zaro bir-birlariga uzatgan holda hujum tashkil qilishmoqchi, biroq hozircha bu harakatlar samara bermayapti.

91. Uchinchi bo'lim boshlandi.

90+5. Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlandi. Endi qo'shimcha vaqtlarga murojaat qilinadi.

90+2. So'nggi daqiqalarda "CHelsi" hujumlar uyushtirmoqda, o'yin asosan maydonning "Palmeyras" joylashgan qismida davom etmyapti.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

83. Uchrashuv bu ketishda qo'shimcha bo'limlarga ulanib ketishi mumkin. 

80. Har ikki jamoa ham o'zgarishlarga qo'l urmoqda. Maydonda futbolchilar anchagina toliqishdi.

75. "CHelsi" hozircha "Palmeyras" himoyasini yorib o'tolmayapti. 

70. Rafael Veyga darvoza tomon erlatib zarba berdi, biroq ushbu zarba kuchsiz chiqdi.

69. "CHelsi" ham endi katta kuchni hujumga bermoqda. O'yin harorati juda yuqori.

65. "Palmeyras" goldan ruhlangan holda, hujumlarga zo'r bermoqda.

64. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Rafael Veyga penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi!

62. Penalti! To'p Tiago Silvaning qo'liga tegdi va "CHelsi" darvozasi tomon penalti belgilandi!

60. Uchrashuv qizib bormoqda.

Kallum Xadson-Odoi to'ni chap qanotdan havolatib jarima maydonchasi tomon uzatdi, Lukaku esa to'pni bosh bilan darvozaga aniq yo'lladi.

54. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Lukaku hisobni ochdi!

48. O'yinning ikkinchi qismi ham "CHelsi" ustunligida boshlandi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

Jamoalar ikkinchi bo'limga qaytishmoqda.

Birinchi bo'limdan so'ng uchrashuv statistikasi:

45+4. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+2. Tiago Silva uzoq masofadan juda kuchli zarba berdi, Ueverton super seyv ko'rsatdi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

41. "CHelsi" butun jamoasi bilan maydonning ikkinchi tomonida, jamoa hujumga kuch berishmoqda. 

38. Kristensen to'pni o'ng qanotdan uzatdi, darvozabon esa mushtlari bilan to'pni urib yubordi.

35. Xavfli vaziyat! Pulishich to'pni jarima maydonchasiga erlatib uzatib berdi, himoyachilar buni bartarafga urinishdi, Lukaku esa darvozaga qaramay zarba berdi, ammo Ueverton to'pni qo'llari bilan ushlab oldi.

33. "CHelsi" pressingni kuchaytirmoqda.

27. Dudu juda yaxshi imkoniyatga chiqib borgandi, ammo u darvozaga aniq zarba yo'llay bilmadi.

26. Haverc darvozaga erlatib zarba berdi, biroq ushbu zarba noaniq ketdi.

24. Dudu chamasi 24 metrlardan darvoza tomon juda kuchli zarba berdi, biroq to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. 

22. Uchrashuvning o'tgan vaqti mobaynida "CHelsi" raqib darvozasiga bir martagina zarba berdi. "Palmeyras" esa har darvoza tomon zarba yo'llamadi.

Mazkur finalni stadiondan turib "CHelsi"ning sobiq futbolchilari Jon Terri hamda Petr CHex va FIFA prezidenti Janni Infantinolar kuzatib bormoqda.

16. Maunt jarima zarbasidan to'pni to'g'ri darvozaga yo'lladi, biroq aniqlik etishmadi.  

14. Xadson-Odoi to'pni o'ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatdi, biroq ushbu to'pga Aspilikueta etib kela olmadi.

13. "Palmeyras" jamoasi asosan qarshi hujumlar uyushtirishga intilishmoqda. To'liq ustunlik esa Angliya klubida.

10. To'p nazorati londonliklarda. "CHelsi" futbolchilari to'pni o'zida saqlab, kombinacion hujumlar uyushtirishga harakat qilishmoqda.

4. O'yinning ilk daqiqalari agressiv tarzda boshlandi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Uchrashuv 21:30 da boshlanadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика