Klublar o'rtasidagi jahon chempionati-2020'ga qura tashlandi
19 jan 2021 21:00
Yangiliklar


Klublar o'rtasidagi jahon chempionati-2020'ga qura tashlandi
Qatarning Ar Rayyan shahrida o'tadigan klublar o'rtasidagi mundial fevralda o'tkaziladi. ECHL o'tgan mavsum g'olibi “Bavariya”ning yarim finalidagi raqibi “Al Duhayl” (Qatar) – “Al Ahli” (Misr) bahsidan keyin aniqlanadi.
Mezbon “Al Duhayl” ilk bosqichda “Oklend Siti” (YA.Zelandiya) bilan o'ynashi kerak edi. Biroq, Okeaniya chempioni mamlakatdagi COVID-19 bilan bog'liq cheklovlar tufayli musobaqada qatnashmaydigan bo'ldi.
1/4 final juftliklari, 4 fevralda o'tkaziladi:
Birinchi o'yin: “Al Duhayl” (Qatar) – “Al Ahli” (Misr)
Ikkinchi o'yin: “Tigres” (Meksika) – "Ulsan Xyunday" (J.Koreya)
1/2 final juftliklari:7 fevral: Libertadores Kubogi g'olibi (“Palmeyras” yoki ”Santos”, 30 yanvarda malum bo'ladi) – ikkinchi o'yin g'olibi
8 fevral: “Bavariya” (Germaniya) – birinchi o'yin g'olibi
Hal qiluvchi bahs esa 11 fevralga rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar