Klublar o'rtasidagi jahon chempionati Marokashda o'tkaziladi
16 dek 2022 21:49
Yangiliklar


Klublar o'rtasidagi jahon chempionati Marokashda o'tkaziladi
Navbatdagi klublar o'rtasidagi jahon chempionati 2023 yil Marokashda bo'lib o'tadi.
Bu haqda FIFA prezidenti Janni Infantino malum qildi. Turnir 1-11 fevral kunlari bo'lib o'tadi.
Unda "Real Madrid" (Ispaniya), "Flamengo" (Braziliya), "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni), "Al Ahli" (Misr), Oklend Siti (Yangi Zelandiya), Sietl Saunders (AQSH) va Vidad (Marokash) klublari ishtirok etadi.
Turnirning amaldagi g'olibi "CHelsi" hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar