So’nggi yangiliklar

09:20Туркиялик футболчининг трансфер нархи 80 миллион евро этиб белгиланди  0 08:59ФИФА президенти яна бир бор Ўзбекистон ҳақида фикр билдирди  2 08:15"Челси" январда 50 миллион фунтлик трансферни амалга оширмоқчи  0 07:45Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси Каннаварони терма жамоаси устози бўлгани ҳақида фикр билдирди  7 01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  5 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  39 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  6 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  6 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  2 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2

Klublar hokimiyat yoki shaxslarga qarab qolishi kerak emas Yangiliklar

Klublar hokimiyat yoki shaxslarga qarab qolishi kerak emas

"Istiqlol" jamoasining qayta tiklanishi so'nggi vaqtlarda vodiylik muxlislarning quvontirgan xabarlardan biri bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Albatta, kechagina faoliyati tugatilgan klubning tiklanishida Farg'ona viloyatiga yangi hokim etib tayinlangan Hayrulla Bozorovni bosh sababchi sifatida ko'rsatishimiz tabiiy. Ushbu insonni futbol shinavandasi ekanligi hammaga malum. Lekin, klublarimiz qachongacha bir shaxs yoki hokimyatga qarab ish olib boradi? Bunga futbolimizda misollar etarlicha topiladi. Qaysi viloyatda hokim futbolga jiddiy qiziqsagina yoki jiddiy etibor qaratsagina o'sha viloyatda futbol rivojlanadi. Nuriddin Zayniev davrida Qashqadaryo futboli o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqdi. "Nasaf", "Mashal", "SHo'rtan" jamoalari xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashdi. Yoki uzoqqa bormaymiz. Hayrulla Bozorovning Namangan futboli uchun amalga oshirgan ijobiy ishlari, bosh jamoaga etiborni oshishi, futbol maktabi va akademiyasini ishgu tushurilishi. Ammo, hokimlarning futboldan boshqa tashvishlari ham etarlicha. Aholi turmush tarzi, ijtimoiy muammolar, yo'llar tamirlanishi, qurulish, tibbiyot va hokazo. Ishoning, chekka chekka hududlarda futboldan tashqari ham muammolar serob. Ular uchun futbolning umuman qizig'i ham yo'q. O'zining muammolari o'ziga etib ortadi. Ular ham o'zimizga o'xshagan odam, hokimdan yordam kutadi. 

Klublar ham xuddi shundayligicha qolmoqda. "Andijon" yopilib ketish arafasida viloyat hokimi amaliy yordam ko'rsatgani haqida eshitdik. Zoir Mirzaev ham kuni kecha "Nasaf" jamoasi bilan uchrashgan. Buning uchun klublarda aniq tizim yo'lga qo'yilishi, ushbu tizm viloyatga qaysi hokim kelishidan qatiy nazar barqaror ishlashda davom etishi darkor. Bu esa o'z-o'zidan klublarning hususiylashtirishga bog'liq bo'lmoqda. Yani viloyatlarda bosh jamoalar asosan hokimiyat tomonidan moliyalashtiriladi. Klublar shunga majbur, ixtiyori o'z qo'lida emas. Masalan, Farg'ona hokimini "Neftchi" yoki "Istiqlol"ga etibor bermagani haqida ko'p gapirildi. "Qo'qon-1912" 2015 yildan beri elitada barqaror ishtirok etib kelyaptiku. Nega deysizmi? CHunki, klub hususiy. Deylik, Hayrulla Bozorovning Namangandan ketishidan aksariyat muxlislar hafa bo'lgan bo'lishi mumkin. Lekin, yuqori aytganimdek klubda aniq yo'lga qo'yilgan dastur va tizm bo'lsa hokimyat tepasiga kim kelishini ahamiyati yo'q. 

Ikkinchidan klublarimiz bugungi kunda etuk menejerlarga muhtoj. Tan olib aytish kerakki, futbolimiz Bahrom Davlatov va Samvel Babayan kabi ishbilarmon, har qanday holatda ham vaziyatni o'nglab keta oladigan boshqaruvchilarga muhtoj. Babayan murabbiy sifatida kuchli ko'rinmasligi mumkin. Lekin, menejer sifatida o'z vaqtida "Paxtakor" uchun ko'p ishlarni amalga oshirgan. O'sha hatto pul bo'lmagan paytda ham klubni barqaror ushlab tura olgan. Davlatovni esa "Mashal"da qilgan ishlari hech kimga sir emas. Aynan kuchli va bilimli menejer qiyin pallada ham nima qila olishni biladi. Menejer shunday ish olib borsin, klubda barchasini zo'r qilib qo'ysin unga biror etiroz bo'lmaydi. Klublarni muvaffaqiyatsizligida doim murabbiy yoki futbolchilar ayblanadi. Lekin, o'sha klubda aniq va barqaror tizm bo'lsa murabbiy ham qiynalmaydi. Demak, gap hokim yoki uning atrofidagi insonlarda emas. Gap klubdagi tizmda. Klublar baribir bir kun kelib hususiy bo'lishi shart. Yana qancha muddat hokimiyat beradigan pulga qarab kun ko'radi? Qachon o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadi? Klublar hokimlarga yoki shaxslarga qaram bo'lishini to'xtatish kerak. "Neftchi" yoki "Navbahor", boringki boshqa klub bir hokim davrida yuksalib, ikkinchi kelgan hokim davrida quyiga sho'ng'ishi kerakmas. Klublar aniq tizm asosida mustaqil faoliyat yuritadigan davr keldi! 

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика