So’nggi yangiliklar

07:00Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  0 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  2 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  6 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  5 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  16

Klublar diagrammasi yoxud mehnatga yarasha natija (Birinchi sakkiztalik) Yangiliklar

Klublar diagrammasi yoxud mehnatga yarasha natija (Birinchi sakkiztalik)

Oliy ligada navbatdagi mavsum ham o'z yakuniga etdi. “Lokomotiv” o'z tarixida ketma-ket ikkinchi bor chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Nasaf” ikkinchi, “Paxtakor” esa uchinchi bo'ldi.

Navbatdagi maqolada oliy liga klublarining mavsum davomida turnir jadvalida egallagan o'rinlari haqida fikr yuritamiz. Bunda bizga har bir klubning diagrammasi yordam beradi. Malumot uchun, "diagramma" so'zi grekchadan olingan bo'lib, surat, tasvir manolarini beradi. Diagramma geometrik belgilardan tashkil topgan bo'lib, uzoq muddatli faoliyat hamda natijani aniq ifodalashda katta yordam beradi.

Futbolda murabbiylar doskaga turli taktik sxemalarni chizgani kabi, jurnalistlar uchun ham o'sha klubning musobaqadagi ishtirokini tahlil qilishda diagramma juda qo'l keladi. Buning uchun maxsus dastur orqali turma-tur egallagan o'rinlarini diagramma yordamida belgilab boramiz.

Yakunda esa o'sha jamoaning yurak urishiga o'xshagan chizgilar qanday ishtirok etgani-yu, qanchalik yuqoriga ko'tarilgani haqida malumot beradi. Quyida har bir klubga diagrammasi yordamida to'xtalib o'tamiz. Bunda esa albatta jamoalarning chempionat yakunida egallagan o'rinlariga ko'ra ketma-ket to'xtalish qo'l keladi. Dastlab oliy ligada 1-8 o'rinlarni egallagan klublarning mavsumiy diagrammasini ko'rib chiqamiz.

“LOKOMOTIV”
Jadvaldagi yakuniy o'rni: 1
Eng yuqori o'rin: 1
Eng past o'rin: 4

“Lokomotiv” bu yil oliy ligani g'alaba bilan boshlab, g'alaba bilan tugatdi. Albatta, 1-turda g'alabaga erishgan jamoalar soni ko'p bo'lgani uchun “Loko” birdaniga peshqadam bo'lib olgani yo'q. Jamoa boshida to'rtinchi o'rinda edi va ketma-ket to'rtta g'alabadan so'ng birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Qizig'i shundaki, 5-turdan boshlab jamoa birinchi o'rindan umuman pastga tushmadi va yakunda peshqadam sifatida manzilga etib keldi. Mana buni haqiqiy chempionlikka xos yurish desa bo'ladi.


“NASAF”
Jadvaldagi yakuniy o'rni:
2
Eng yuqori o'rin: 2
Eng past o'rin: 6

“Nasaf”ni butun mavsum davomida 2-6 o'rinlar orasida “sayr” qilib yurdi deyish mumkin. Jamoa chempionatni ikkita g'alaba bilan boshlab, ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi, biroq ko'p o'tmay “Olmaliq” va “Lokomotiv”dan uchralgan mag'lubiyat tufayli oltinchi o'ringa tushib ketdi. Keyinchalik birinchi davra oxirigacha “Nasaf” to'rtinchi o'rindan pastga tushmadi, lekin birinchi o'ringa ham ko'tarila olmadi. Ikkinchi davra boshlangach esa qarshiliklar beshinchi pog'onaga tushib ketishdi. Bu ham qatorasiga ikki mag'lubiyatdan so'ng ro'y berdi. Jamoa o'shanda “Buxoro” va “Bunyodkor”ga yutqazib qo'ygandi. “So'g'diyona” yirik hisobda mag'lub etilgach, jamoaning qatorasiga 11ta o'yindan iborat g'alabali seriyasi boshlandi. 23-turga kelib to'liq ikkinchi o'ringa ko'tarilib olgan “Nasaf” mavsumni shu pog'onada tugatdi.


“PAXTAKOR”
Jadvaldagi yakuniy o'rni: 3
Eng yuqori o'rin: 1
Eng past o'rin: 12

Oliy liganing birinchi o'yinida “Qizilqum”ni 3:1 hisobida engib, turnir jadvalida karvonboshi bo'lib olgan “Paxtakor”ning shu bilan ishlari “besh” bo'lib ketdi deb bo'lmaydi. Jamoa keyingi turlardan negadir quyiga sho'ng'iy boshladi. SHunday bo'ldiki, 7-turga kelib mamlakatimizning ko'p karra chempioni o'ziga yarashmagan 12-o'ringa tushib qoldi. Dastlabki etti tur ichida to'rtta mag'lubiyat “Paxtakor”ni shunga majbur qildi. 8-turdan boshlab yana yuqoriga ko'tarila boshladi. Toshkentda “Navbahor” mag'lub etilgach, “sherlar” birinchi davra oxirigacha faqat bir bor yutqazib qo'yishdi. Bu “Olmaliq” bilan bahsda sodir bo'ldi. Ikkinchi davrada jamoa hatto ikkinchi o'ringacha ko'tarildi, lekin bu uzoqqa cho'zilmadi. 23-turdan boshlab uchinchi pog'onaga mustahkam o'rnashib oldi va shu bilan chempionat oxirigacha uchinchi o'rinni hech kimga bermadi.

“BUNYODKOR”
Jadvaldagi yakuniy o'rni: 4
Eng yuqori o'rin: 3
Eng past o'rin: 14

Birinchi davrada “Bunyodkor”ni sira tanib bo'lmay qolgandi. Xuddi “Paxtakor” singari bu klub ham jadvalda sakrab yurdi. SHunday bo'ldiki, birinchi davra oxirlariga kelib “bunyodkorchilar” hatto 14-o'ringa tushib ketishdi. Buning sababi, jamoa mavsumni Sergey Lushan boshchiligida boshlab, toki Mirjalol Qosimov estafeta tayoqchasini olmaguncha qanday o'ynashni bilmay yurgandi. Birinchi davrani bir amallab tugatgan Qosimov oraliq tanaffusdan so'ng jamoaga yanada zo'r berdi. Natijada “Bunyodkor” katta sakrashga erishib, 14-19 turlar orasida to'rtinchi pog'onaga ko'tarilib oldi. Jamoa orada bir-ikki o'rin pastlagan bo'lsa-da, yakunda to'rtinchi o'rinni hech kimga berib qo'ymadi.


“NAVBAHOR”
Jadvaldagi yakuniy o'rni:
5
Eng yuqori o'rin: 1
Eng past o'rin: 10

“Navbahor” bu yil o'z maydonida sira mag'lubiyatga uchramagan oliy liganing yagona klubi bo'ldi. Jamoa o'nta uchrashuvda g'alaba qozonib, besh marta durang o'ynadi. Joriy mavsumni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazgan “Navbahor” kerak bo'lsa, birinchi o'ringa ham ko'tarilib oldi. Bu “Mashal” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng ro'y berdi. Lekin peshqadamlikni o'z qo'lida saqlab tura olmadi. “Navbahor” sekin pastga sho'ng'ib beshinchi o'ringa tushib qoldi. SHunday bo'ldiki, jamoa hatto o'ninchi pog'onagacha bordi. Lekin uydagi mag'lubiyatsiz seriya tufayli “Navbahor” bir amallab 5-7 o'rinlar oralig'ida joy egalladi va yakunda beshinchi o'rinda tugatdi.


“BUXORO”
Jadvaldagi yakuniy o'rni:
6
Eng yuqori o'rin: 2
Eng past o'rin: 10

“Buxoro” ham tugallangan mavsumni yomon o'tkazmadi. Jamoaning diagrammasi yurak urishining o'zginasi bo'ldi. Bir qarasang, 10-o'ringa tushib ketadi, bir qarasang ikkinchi o'rinda yuradi. Bu 19-21 turlar oralig'ida sodir bo'ldi. CHunki jamoa bu paytga kelib o'z maydonida “Qizilqum”ni, safarda “Neftchi”ni mag'lub etishning uddasidan chiqqandi. Keyinchalik buxoroliklar yana pastga og'a boshlashdi. Bir necha tur beshinchi o'rinda bo'lib kelgan jamoa bir pog'ona pastlab mavsumni oltinchi o'rinda tugatdi. “Buxoro”ning beshinchi o'rindan tushib ketishiga “Qo'qon-1912” bilan 2:2 hisobida durang o'ynalgani asosiy sabab bo'ldi.


“OLMALIQ”
Jadvaldagi yakuniy o'rni:
7
Eng yuqori o'rin: 3
Eng past o'rin: 16

Viktor Kumikov O'zbekistondagi faoliyati davomida bu yil eng past natijani qayd etdi. To'g'ri, “Olmaliq” uchun ettinchi o'rin normal holat bo'lishi mumkin, biroq rossiyalik mutaxassis bungacha “Mashal” va “Nasaf”da ishlab uchinchi o'rindan pastga tushmagandi. “Olmaliq” ayniqsa birinchi davrani yaxshi o'tkazdi. SHunday bo'ldiki, jamoa qatorasiga 11 o'yinda yutqazmadi va uydagi bahslarda o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormadi. Lekin ikkinchi davradagi ko'plab mag'lubiyatlar sabab jamoa bir necha tur 9-o'rinda yurdi va mavsum oxirida ikki g'alaba tufayli ettinchi pog'onaga ko'tarilib oldi.


“MASH'AL”
Jadvaldagi yakuniy o'rni:
8
Eng yuqori o'rin: 3
Eng past o'rin: 11

Muborakning “Mashal” klubi chempionat boshida sekin-asta yuqoriga ko'tarilib, uchinchi pog'onagacha etib bordi. Bu holat jamoaning ketma-ket uchta g'alabasidan so'ng (“Metallurg”, “SHo'rtan” va “Paxtakor”) ro'y berdi. Lekin keyingi turlardagi mag'lubiyat va duranglar sabab “gazchilar” pastga sho'ng'ib, sakkizinchi o'ringacha borishdi. Jamoa 13-turdan keyin bitta mag'lubiyat va ikkita durang tufayli 11-o'ringa tushib qoldi. Hartugul ikkinchi davrada “Mashal” o'zini ko'rsata oldi. Muborakliklar bir amallab yana oltinchi o'ringacha ko'tarilib olishdi. Ammo oliy liga oxiriga kelib to'qqiz va ettinchi o'rinlarda yurdi va oxiri 8-o'rinda yakunladi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика