So’nggi yangiliklar

00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  1 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  8 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  7 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  2 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  22 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  22 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7

"Klubdan ko'ra ko'proq". "Barselona" shiorining tarixi Yangiliklar

"Klubdan ko'ra ko'proq". "Barselona" shiorining tarixi

Teglar :  Barselona
1930 yilda Ispaniya hukumati Kataloniyaning mustaqil bo'lish harakatini yo'qqa chiqardi.

SHundan so'ng Ispaniyada fuqarolar urushi, harbiy to'ntarish va Fransisko Franko rejimi g'alabasi sodir bo'ldi.

Urush paytida rahbarlardan biri bo'lgan Primo de Rivera "Barselona"ning uy stadionini yopib qo'ydi va u erda harbiy lager tashkillashtirdi.

Barselona ko'chalarida o'qlar uchgan paytda, jamoa Meksika va AQSHda turne o'tkazayotgan edi. U erda futbolchilar klub prezidenti Xose Sunolning o'limi haqida eshitishdi va qaytmaslikka qaror qilishdi.

1938 yilning 16 martida havodan tashlangan bomba klub ofisini sochib tashladi, 1940 yilning martida esa Franko "Futbol Club Barcelona" nomini "Club de Futbol Barcelona"ga o'zgartirdi va klub logotipiga o'zgartirish kiritdi.

Klubdagilar avval ham mustaqillikni xohlashgan, ammo Franko rahbar bo'lganidan so'ng bu istak yanada kuchaydi.

60 yillar oxirida Franko rejimi sustlashdi va 1968 yilning 17 yanvarida "Barselona" prezidenti Narcis de Karreras o'zining inauguraciyasida "Klubdan ko'ra ko'proq" shiorini aytdi.


Narcis de Karreras

De Karrerasni Franko rejimi dushmani deb bo'lmasdi. Biroq "Barselona" muxlislari ushbu jumlaga o'zlari istagandek mano berishdi: "Barselona" bu shunchaki klub emas, bu Kataloniya xalqining mustaqillikka intilishidir.


Har oy shiorning mashhurligi oshib borardi, Karreras esa xuddi shunday tezlik bilan o'z poziciyalaridan ayrila boshladi. Natijada, u 2 yil ham vazifasida qololmadi va 1969 yilning dekabrida istefosini elon qildi.

"Barselona" saytidagi tushuntirishdan asosiy jumlalar

  • SHior - klubning Kataloniya xalqiga nisbatan bo'lgan majburiyati.
  • "Barselona" Kataloniya bilan bog'langan, klub Kataloniya qiziqishlarini butun dunyoda taqdim etadi.
  • Globalizaciya davrida "Barselona" ijtimoiy javobgarlikni kengaytirgan. "Barselona" - faqat Kataloniyada "Klubdan ko'ra ko'proq" emas, balki butun dunyoda shunday. Gap UNICEF bilan o'tkaziladigan xayriya programmalari haqida ketmoqda.

17 yanvar kuni "Barselona"ning shiori "Mes que un club" (klubdan ko'ra ko'proq) 50 yoshga to'ldi.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика