Klopp "Vulverxempton"ning yana bir o'yinchisini o'z jamoasida ko'rmoqchi
16 okt 2020 17:37
Yangiliklar


Klopp "Vulverxempton"ning yana bir o'yinchisini o'z jamoasida ko'rmoqchi
"Vulverxempton" vingeri Adama Traore "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Mutaxassis 24 yoshli ispaniyalik futbolchini o'z jamoasida ko'rmoqchi. "Liverpul" u bilan yanvarda shartnoma imzolashga urinib ko'radi.
"Qizillar" sentyabrda "Vulverxempton" vingeri Diogu Jotani 45 million evro evaziga xarid qilgan edi. Mersisaydliklar qishda "vulvz" bilan jamoaning yana bir o'yinchisi borasida muzokaralarni boshlashlari mumkin.
Ispaniyalik Traore "Vulverxempton"da 2018 yilning avgustidan beri o'ynaydi. Vinger joriy mavsum barcha musobaqalarda 5ta o'yinda maydonga tushdi. O'yinchining "bo'rilar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar