Klopp: “U o'zini bunday tutishi kerak emas”
16 avg 2022 08:45
Yangiliklar


Klopp: “U o'zini bunday tutishi kerak emas”
APL 2-turida “Kristal Pelas” bilan o'yindagi durang (1:1)dan keyin “Liverpul” ustozi Yurgen Klopp Darvin Nunesning chetlatilishi bilan bog'liq vaziyatga to'xtaldi.
“O'yin starti juda yaxshi bo'ldi. Aynan shuni xohlagandik, o'yinga qattiq kirishdik. Hammasi o'z qo'limizda edi. Biroq, bazi vaziyatlarda shunchaki omad kelmadi.
“Kristal Pelas”ning bahsdagi rejasi besh himoyachi bilan ortda o'ynash, tezkor qarshi hujumga o'tish edi. Tezkor Uilfrid Zaxaga qarshilik qilish qiyin.
2-taym pozitiv boshlandi, ammo qizil kartochka – nokdaun. Albatta, qizil bor edi, Nunes provakaciyaga uchdi. U bunday harakat qilmasligi kerak.
Ammo oradan 4 daqiqa o'tgach, hisobni tenglashtirishga erishdik. 10 kishi bo'lib juda ko'p ter to'kdik. SHu tufayli hozir bundan faxrlanaman”, deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar