Klopp: "Simeone xursand bo'lib, xonada yugurmagani aniq"
16 dek 2019 21:58
Yangiliklar


Klopp: "Simeone xursand bo'lib, xonada yugurmagani aniq"
1/8 finalda "Liverpul" "Atletiko" bilan o'ynaydi.
"Qiziqarli qura bo'ldi. Haqiqatdan ham, bizga Madridning bir jamoasi tushishini sezgandim va bu amalga oshdi.
Madriddan ajoyib xotiralar qolgan (ECHLning so'nggi finali "Atletiko" maydonida o'tgan va unda "Liverpul" g'alabaga erishgandi). Nima deya olaman? Ushbu stadionda men hayotimdagi eng muhim kunlarimdan birini o'tkazganman. Biroq bu safar ham u erga borish oldidan astoydil tayyorlanish kerak. Bu safar biz stadionning egasiga qarshi o'ynaymiz.
Oldimizda qiyin vazifa bizni kutib turibdi. Biroq 1/8 final juftliklarini qarasak, finalga tenglashtirilishi mumkin bo'lgan o'yinlar juda ko'p. So'nggi yillardagi eng jiddiy qura bo'ldi va bu yildan yilga jiddiylashib bormoqda. Endi buyog'iga oson raqib uchramaydi", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar