Klopp Saloh va van Deykning holati bo'yicha malumot berdi
15 may 2022 09:05
Yangiliklar
Klopp Saloh va van Deykning holati bo'yicha malumot berdi
“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp Angliya kubogi finalida “CHelsi” ustidan qozonilgan g'alabadan keyin uchrashuvda zaxiraga olingan Muhammad Saloh va Virjil van Deykning holati bo'yicha malumot berdi.
“Ularning holari yaxshi deb hisoblayman. To'g'risini aytganda, ular seshanba kungi (“Sautgempton”ga qarshi) o'yinga tayyor bo'ladi deb o'ylamayman.
Menimcha, barchasi joyida. Ularni almashtirish ko'proq ehtiyot chorasi sifatida edi. Mo (Saloh) nimanidir his qildi, ammo o'ynashda davom etishini aytdi. Men esa qaror qabul qilishim va uni almashtirishim kerak edi. Maydonda o'zingni noqulay sezsang, bundan yaxshi bo'lib ketmaysan. O'ynashni davom ettirish esa sog'ayishning eng yaxshi usuli emas. Virjilning vaziyati aniqroq edi: u 90 daqiqa o'ynashi belgilangan, ammo 120 daqiqa emas”, deydi Klopp.
Fikrlar