Klopp Saloh haqidagi malumotni tasdiqladi
06 may 2019 16:33
Yangiliklar


Klopp Saloh haqidagi malumotni tasdiqladi
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tadigan CHempionlar ligasi yarim final javob o'yinida ishtirok etmaydi.
Misrlik forvard "Nyukasl"ga qarshi bahsda raqib darvozaboni Martin Dubravka bilan to'qnashib ketib jarohat olgan edi.
"Qizillar" ustozi Yurgen Klopp Saloh "Barselona"ga qarshi CHempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvida ishtirok etmasligini malum qildi.
Oldinroq, "Liverpul"ning yana bir hujumchisi Roberto Firmino ham Kataloniya klubiga qarshi o'ynamasligi elon qilingan edi.
"Liverpul" hamda "Barselona" o'rtasidagi CHempionlar ligasi yarim final ilk uchrashuvi 3:0 hisobida kataloniyaliklar g'alabasi bilan yakunlangan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar