Klopp: "Salax APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga loyiq"
04 mar 2018 12:54
Yangiliklar


Klopp: "Salax APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga loyiq"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning fikricha, jamoa yarim himoyachisi Muhammad Salax joriy mavsumda APLning eng yaxshi futbolchisi sovriniga munosib o'yin ko'rsatdi.
Yozda "Liverpul"ga o'tgan misrlik Angliya chempionatining 28ta o'yinida 24ta gol urdi.
"Mo mavsumni Kevin De Bryuyne kabi juda juda yaxshi o'tkazayotganiga shubha yo'q. Bazilar Garri Keyn va Roberto Firminolarni ham bu yigitlar safiga qo'shishi mumkin. David Silva mavsumda o'zini ko'rsatmoqda. Yana kimnidir unutgan bo'lishim mumkin.
Men uchun shaxsiy sovrinlar hech narsani anglatmaydi, ammo ularni hurmat qilaman. Salax APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga loyiq" - deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar