So’nggi yangiliklar

10:26"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчиси учун 75 миллион евро тўлашга тайёр  0 10:02Кечаги учрашувда дубл қайд этган Роналду нималар деди?  0 09:37"Каттақўрғон" "Флуминенсе" U20 жамоаси аъзоси билан билан шартнома имзолади  2 09:11"Осасуна"дан мағлуб бўлган Арбелоа баҳс якунидан сўнг нималар деди?  6 08:43Милнер АПЛ рекордини ўрнатди  2 08:17Навбатдаги муҳим ғалабадан сўнг Гвардиола нималар деди?  2 07:52Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида 3 таликга киради"  22 07:30Ла Лига. "Осасуна" — "Реал Мадрид" 2:1  10 07:25Sofascore. 45 дақиқа майдонда ҳаракат қилган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:10АПЛ. "Манчестер Сити" — "Ньюкасл" 2:1  0 03:05Лига 1. ПСЖ "Ланс"нинг мағлубиятидан фойдаланиб қолди ва ғалабага эришган ҳолда биринчи ўринга қайтди  0 03:00Ла Лига. "Атлетико" ва "Эспаньол" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди  6 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" О'Райлининг дубли билан "Ньюкасл"ни мағлуб этди  11 02:05Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўн киши бўлиб "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади, "Ал Насср" рақибига жавобсиз 4 та гол урди  7 01:05Қирғизистон чемпионатида мухлислар йил давомида машина ва пул мукофоти ютиб олиши мумкин  3

Klopp: "Ronalduning MYUga qaytganidan hayron qolmadim" Yangiliklar

Klopp: "Ronalduning MYUga qaytganidan hayron qolmadim"

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoaga yaxshi transferlar qilinmagani haqida gapirdi.

"To'g'risini aytsam, boshqa klublarning qilayotgan ishlari men uchun ahamiyatsiz. "Liverpul"da 6 yildan buyon ishlayotgan bo'lsam, qandaydir muvaffaqiyatlarga erishdik. Ha, dunyoning eng kuchli jamoasi bo'la olmadik, ammo, sovrinlarga ega chiqdik.

O'sha vaqtda bizdan nima uchun boshqacharoq ishlash kerakligini so'rashmadi. Futbolchilar bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashdan mano bor va biz shunday yo'l tutdik. Balki biz boshqa klublardagi kabi yorqinroq ishlamagandirmiz. Lekin biz shunchaki klub imiji uchun futbolchilarni olib kelavermaymiz.

Boshqa klublar esa katta transferlarni amalga oshirmoqda. Biz shunchaki ularga qarshi o'ynab, borimizni berishimiz kerak bo'ladi.

Transferlar borasidagi savollar doimo jaxlimni chiqaradi. Yozgi transferlar oynasi vaqtida faqatgina Krishtianu Ronalduning MYUga o'tishini muhokama qilmadik. Uning klubiga qaytganiga unchalik hayron qolmadim. Uning "Yuventus"dan ketganidan hayron qoldim. U va Turin klubi o'rtasida qanday gaplar bo'lganini esa bilmayman", - dedi Klopp.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика