

Ma'lumotlarga ko'ra, muzokaralar davomida nemis mutaxassisi Italiya klubini boshqarish taklifini rad etdi. "Liverpul" ustozining "qizillar" bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. Joriy mavsum u Angliya chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi va Chempionlar ligasi g'olibi bo'lish imkoniyatiga ega.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus"ning amaldagi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri joriy mavsum oxirida klubni tark etadi. Turinliklar yangi murabbiy izlamoqda.



