Klopp: "Portu bilan o'yin juda ahamiyatli. Bu "Liverpulning ECHLdagi ikkinchi mavsumi, o'n ikkinchisi emas"
07 apr 2019 23:15
Yangiliklar


Klopp: "Portu bilan o'yin juda ahamiyatli. Bu "Liverpulning ECHLdagi ikkinchi mavsumi, o'n ikkinchisi emas"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Portu"ga qarshi bo'ladigan ECHL chorak final o'yin oldidan nima kutayotganligi haqida aytib o'tdi.
"Biz yuqori maqsadni oldimizga qo'yamiz. Eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. "Enfild"dagi o'yin, chorak final uchrashuvi, biz uchun juda ahamiyatli. Bu bizning ECHLdagi ikkinchi mavsum, o'n ikkinchisi emas. Biz oxirgi uch yilda shuncha marta g'alaba qozongan "Real Madrid" jamoasi emasmiz. Raqobatlashishni hush ko'ramiz va o'yinda yutish uchun barchasini amalga oshirishga intilamiz", - deya Kloppning so'zlarini keltirdi Goal nashri.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" - "Portu" jamoalari o'rtasidashi o'yin 9 apreldan 10 aprelga o'tar kechasi soat 00:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar