So’nggi yangiliklar

21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  0 20:57"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки футболчисини нишонга олди  2 20:23Рабьога "Наполи", "Милан" ва турк клублари қизиқиш билдирмоқда  0 19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  5 19:27"Фулхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  27 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  3 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  12 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  1 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  1 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1

Klopp o'sha burchak to'pini qay tariqa ko'ra olmay qolganini aytdi Yangiliklar

Klopp o'sha burchak to'pini qay tariqa ko'ra olmay qolganini aytdi

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppga "Barselona"ga qarshi o'yinni hal qilgan burchak to'pi borasida yana bir bor savol berishdi.

"Trentning o'sha vaziyatdagi harakatini ko'ra olmay qoldim. To'p burchakka chiqib ketganini, uning oldiga Trentning yugurib ketayotganini ko'rdim. SHakiri uning oldiga yugurib borayotgandi. O'sha pallada men ortga qayrildim va yordamchimga navbatdagi o'zgarish borasida ko'rsatma bermoqchi edim.

Birdaniga baqiriqlar eshitildi. Maydonga qarasam to'p darvozaga kirib ketayotgan ekan. Keyin yana bir bor ortga qaradim. Yordamchim menga: "Nima bo'ldi?" deb savol berdi. "To'g'risi bilmayman", deb javob berdim. "Enfild" sakradi - eng yuqori shiddatda edi! O'shanda tushundim va yordamchimga: "O'zgarish qilamizmi?" deb savol berdim. Xaxaxa! Bu vaziyatni umuman unutmayman, u qanday hayron qolganini ko'rsangiz edi! Bu bir umrlik xotira bo'lib qoladi.

Bilasizmi, 18 yillik faoliyatim, millionlab soatlab davomida biror marta ham shunday vaziyatlarni qo'yib yubormagandim. Ammo bir soniyalik etiborsizlik faoliyatimdagi eng zo'r damni ko'ra olmasligim sababchisi bo'ldi. O'sha tunda Divokning golini 500 000 marta tomosha qildim. Har doim o'yindan keyin o'zimning kichikkina xonamga bir qultum pivo bilan borardim. Ammo o'sha kuni buning keragi bo'lmadi.

Uyga borganimda do'stlarim va qarindoshlarimni ko'rdim va quvnoq kayfiyat bilan bayram qildik. Hayotimdagi eng shirik tushni ko'rdim. Ertasi kuni ertalab ham o'sha golni ko'rib, "Bu hayotda bo'ldimi? Haqiqatmi?" deb savol bergandim", - dedi Klopp.

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика