Klopp: “Mavsum boshida “Liverpul” ECHL finaliga chiqadi, deb o'ylamagandim”
05 may 2018 00:26
Yangiliklar
Klopp: “Mavsum boshida “Liverpul” ECHL finaliga chiqadi, deb o'ylamagandim”
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Kloppning aytishicha, mavsum avvalida jamoasining ECHL finaliga chiqishiga ishonmagan ekan.
“Mavsumni boshlagan vaqtimizda finalga chiqishimizga ishonmagandik. Ammo yigitlar buni haqiqatga aylantirishdi. O'ylaymanki, hozir klubimizda vaziyat judayam yaxshi.
“Liverpul” Evropaning boshqa top-klublaridan orqada qolmaslikka intilmoqda, ammo biz bu haqda o'ylayotganimiz yo'q. Biz uchun yangi futbolchilar bilan shartnomalar tuzib, hozirgi tarkibni saqlab qolishimiz muhim. Bu bilan biz to'g'ri yo'lda ketayotganimizni ko'rsatishimiz mumkin”, deya Kloppning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.
Eslatib o'tamiz, ECHLning finalida “Liverpul” Madridning “Real” jamoasi bilan kuch sinashadi. O'yin 26 may kuni Kievda bo'lib o'tadi.
Fikrlar