Klopp: “Mavsum boshida “Liverpul” YCHL finaliga chiqadi, deb o'ylamagandim”

5 may 2018, 00:26
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Kloppning aytishicha, mavsum avvalida jamoasining YCHL finaliga chiqishiga ishonmagan ekan.

“Mavsumni boshlagan vaqtimizda finalga chiqishimizga ishonmagandik. Ammo yigitlar buni haqiqatga aylantirishdi. O'ylaymanki, hozir klubimizda vaziyat judayam yaxshi. 

“Liverpul” Yevropaning boshqa top-klublaridan orqada qolmaslikka intilmoqda, ammo biz bu haqda o'ylayotganimiz yo'q. Biz uchun yangi futbolchilar bilan shartnomalar tuzib, hozirgi tarkibni saqlab qolishimiz muhim. Bu bilan biz to'g'ri yo'lda ketayotganimizni ko'rsatishimiz mumkin”, deya Kloppning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.

Eslatib o'tamiz, YCHLning finalida “Liverpul” Madridning “Real” jamoasi bilan kuch sinashadi. O'yin 26 may kuni Kievda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca