Klopp: "Maync" bilan o'yinda 6 ochko uchun kurashgan edik"
14 fev 2015 13:45
Yangiliklar


Klopp: "Maync" bilan o'yinda 6 ochko uchun kurashgan edik"
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Maync"ga (4:2) qarshi Germaniya chempionati 21-tur uchrashuvi haqida o'z fikrini bildirdi.
"Butun mavsum biz uchun haqiqiy sinov bo'lyapti. Birinchi daqiqada o'tkazib yuborilgan gol yana bir sinov edi. Bundan keyin bizda ko'p imkoniyat bo'ldi.
SHu ruhda davom etsak gol urishimizni bilgandik. Ikkinchi goldan keyin ham g'alabaga bo'lgan ishonchni saqlab qoldik.
Bu o'yinda 6 ochko uchun o'ynadik. Keyingi o'yin bundanda qiyin bo'ladi" - deydi Klopp.

Fikrlar