Klopp "Liverpul"ning "SHrusberi Taun"ga qarshi o'yinini noutbukda kuzatadi
04 fev 2020 17:47
Yangiliklar


Klopp "Liverpul"ning "SHrusberi Taun"ga qarshi o'yinini noutbukda kuzatadi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya Kubogi 4-raundi doirasidagi "SHrusberi Taun"ga qarshi takroriy o'yinni noutbukda kuzatadi.
Germaniyalik mutaxassis jamoaning asosiy tarkib futbolchilariga dam bergan va ularni Angliya Kubogi doirasidagi o'yinga chaqirmoqchi emas.
"SHrusberi Taun"ga qarshi o'yinda esa mersisaydliklarga 23 yoshgacha bo'lgan "Liverpul" jamoasi ustozi Nil Kritchli ustozlik qiladi.
Xabarlarga ko'ra, Klopp o'yinni jonli efirda klub telekanali hisoblangan LFC TVda tomosha qiladi. SHuningdek, nemis mutaxassisi tanaffusda futbolchilar bilan videomuloqot qilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" va "SHrusberi Taun" jamoalari o'rtasidagi o'yin 4 fevral kuni "Enfild" stadionida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar