So’nggi yangiliklar

01:11"Ал Ҳилол" устози: "Биз ушбу мусобақанинг финал баҳсида ўйнашни мақсад қилганмиз"  1 00:04"Ювентус" - "Верона". Таркиблар билан танишинг  0 23:40Пицца тайёрловчи компания МЮ устидан кулди  6 23:11Озарбайжон. Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жалолиддинов захирадан баҳсга қўшилди  2 22:58ОФК ЭЧЛ. Эрондаги баҳсда гол киритилмади, Машарипов захирадан майдонга тушди  3 22:34“Ал Ҳилол”нинг мусулмон футболчилари рўза тутишмоқдами?  9 21:53FA Гвардиоланинг Англия Кубогидаги тўп ҳақидаги шикоятларига жавоби: "У ФИФА талабларига мувофиқ синовдан ўтказилди"  1 21:38Гвардиолага Англия Кубогидаги тўплар ёқмаяпти  1 20:39Футбол олами. Суперлига-2025'га ким қандай тайёрланди?  2 20:25"Истиқлол" - "Ал Насср". Таркиблар эълон қилинди  7 19:48"Ал Ҳилол" Собослаи учун 120 млн евро тўлашга тайёр  7 19:22ФИФА Покистон футбол федерациясига нисбатан қўлланган санкцияларни бекор қилди  0 18:56Роналду ким(лар)га ҳавас қилган?  14 18:28Венгер "Олтин тўп" учун 3 нафар асосий даъвогар номини айтди  22 17:59"Арсенал" ҳужумчисини сотиши мумкин  2

Klopp "Liverpul"ga olib kela olmagan yulduzlar Yangiliklar

Klopp "Liverpul"ga olib kela olmagan yulduzlar

Germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp 2015 yildan buyon "Liverpul" bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Bu vaqt davomida Klopp ko'plab transferlarni amalga oshirdi. Deylik, Virjil van Deykdan tortib Luis Diasgacha. Biroq Yurgen o'zi istagan ko'plab ijrochilarni qo'lga kirita olmadi. 

Keling, "Enfild"ga kelmagan yulduzlar haqida so'z yuritamiz. 

Timo Verner

"Leypcig"dagi ajoyib o'yinlari orqali “Liverpul” qiziqishlari doirasida bo'lgan Timo Verner o'z intervyularida Yurgen Klopp bilan ishlash istagida ekanini takidlab kelardi. 2020 yilda jahonda yuzaga kelgan pandemiya tufayli "qizillar"ning Vernerga bo'lgan qiziqishi pasaydi. Natijada, futbolchi "CHelsi"ga o'tishni afzal bildi. 

"Liverpul" esa Vernerni qo'ldan chiqargach, Diogu Jotani 41 million dollar evaziga sotib oldi. 

Afsuski, Verner "CHelsi"da o'zini baxtli his qilmayapti. U vaziyatlarni ko'kka sovurish bo'yicha hozirgi kunda APLda etakchi deyish mumkin. 

Aleks Teysheyra

2016 yilning yanvarida Klopp "Liverpul" bosh murabbiyi sifatida o'zining birinchi yirik transferini rasmiylashtirishga harakat qildi va "SHaxtyor" azosi Aleks Teysheyraga taklif bilan chiqdi.

Braziliyalik futbolchi "Liverpul"ga o'tish istagini bildirdi, biroq "qizillar" ukrainaliklar so'ragan 38 million funtni to'lashdan bosh tortishdi.

"Liverpul"dan taklif bo'ldi, ammo bu rad etildi. Nega bunday qilinganini bilmayman. Faqat bir marta taklif kelib tushdi, "SHaxtyor" rad qildi", – degan edi Teysheyra 2016 yilning yanvarida.

Kelishuv barbod bo'ldi va Teysheyra Xitoyning "Czyansu" jamoasiga o'tdi. CHin yurtida u 150 o'yinda 72 ta gol urdi. Klopp esa Stiven Kolker bilan kifoyalanishga majbur bo'ldi.

Usmon Dembele

2015 yilda "Liverpul"ga qo'shilganidan so'ng Klopp qanotdagi o'yin sifatini oshirish zarurligini tushundi va yangi jamoada unga yordam beradigan shaxs sifatida Dembeleni tanladi.

Dembele 2015/16 yilgi mavsumda "Renn"da ajoyib mavsum o'tkazgan hamda "Borussiya" Dortmundga yo'l olgan. Hozir u “Barselona”da o'ynamoqda. 

"Men Parijda Klopp bilan ko'rishganimda unga "Borussiya" bilan shartnoma imzolashga qaror qilganimni aytdim", – degandi Dembele 2017 yilda.

O'shanda "Liverpul" Sadio Manega qiziqa boshladi va uni o'z safiga qo'shib oldi. 

Ben CHiluell

"Liverpul" 2016 yilgi Evropa Ligasi finalida mag'lubiyatga uchragach, ularga yangi chap qanot himoyachisi kerak edi. 

"Qizillar" "Lester Siti"dan Ben CHiluellni sotib olishga harakat qilishdi. Ammo "Lester" so'ragan 10 million funt sterlingni to'lashni xohlamadi.

Ben transferi amalga oshmaganidan so'ng klub bor etiborini "Xall Siti"dan Endryu Robertsonni sotib olishga qaratdi. Unga qadar Klopp qanot himoyasida Jeyms Milner hamda Alberto Moreno imkoniyatidan foydalandi. 

Robertson Klopp jamoasining asosiy o'yinchisiga aylandi, CHiluell esa keyinchalik 50 million funt sterlingga "CHelsi"ga o'tdi.

Nabil Fekir

"Liverpul" 2018 yilda Koutinoni sotib yuborganidan so'ng uning o'rniga 53 million dollarga Fekirni xarid qilishga juda yaqin kelgandi. Biroq so'nggi daqiqada kelishuv amalga oshmay qolgan.

Xabarlarga ko'ra, "qizillar" yarim himoyachining tizzasi bilan bog'liq xavotirlari tufayli shartnomani bekor qilishgan.

"Siz haqiqatni eshitishni xohlaysizmi? Nima bo'lganini hatto men ham bilmayman.

Men tibbiy ko'rikdan o'tdim, keyin "Liverpul" meni sotib olmaslikka qaror qildi. Ular mening tizzamni ro'kach qilishga harakat qilishdi, ammo bu shunchaki uydirma", – degandi Fekir 2019 yilda.

Samandarbek tarjimasi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика