Klopp “Liverpul” murabbiyi sifatida navbatdagi rekordni qayd etdi
19 dek 2020 20:20
Yangiliklar


Klopp “Liverpul” murabbiyi sifatida navbatdagi rekordni qayd etdi
APL 14-turidan “qizillar” safarda “Kristal Pelas” (7:0)ni parchalab tashladi.
Bu Yurgen Klopp uchun “Liverpul” murabbiyligidagi 196 o'yinda bo'ldi va u jamoa bilan Angliya chempionatidagi 127-g'alabasini qo'lga kiritdi.
SHu tariqa, 53 yoshli mutaxassis APLdagi g'alabalar soni bo'yicha mersisaydliklar tarixidagi eng yaxshi murabbiyga aylanib oldi. U Rafael Benites (228 bahsda, 126 g'alaba)ni quvib o'tib, klub rekordini yangiladi.
Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar