So’nggi yangiliklar

19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  0 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  2 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  6 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  5 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  11 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  8

Klopp "Liverpul" mag'lubiyatga uchrashini iltimos qilgan "MYU"ning 10 yoshli muxlisiga javob xati yozdi Yangiliklar

Klopp "Liverpul" mag'lubiyatga uchrashini iltimos qilgan "MYU"ning 10 yoshli muxlisiga javob xati yozdi

Yoqimli holat.

"Liverpul" CHempionlar Ligasida "Atletiko"ga mag'lub bo'ldi, biroq bu APLdagi vaziyatga hech qanday tasir ko'rsatgani yo'q — mersisaydlar u erda g'alabali seriyani davom ettirmoqdalar, sof birinchi o'rin va bir oydan so'ng chempionlikni naqd qilib qo'yishlari mumkin. Lekin aynan shu narsa 10 yoshli donegallik Dara Kerlini qattiq tashvishga solib qo'ydi. U kichikligidan mersisaydlarning azaliy raqibi "Manchester Yunayted"ga muxlislik qiladi.

Maktabda bolakay o'qiydigan sinf o'quvchilariga biror futbol klubiga xat yozish uyga vazifa qilib topshirildi: o'yinchilarga, murabbiylarga — muhim emas. Daradan tashqari barcha o'quvchilar muxlislik qiladigan klub xodimlariga xat yozdilar. Ammo bolakay Yurgen Kloppga maktub yo'lladi.

"Qadrli, Yurgen Klopp. Mening ismim Dara. 10 yoshdaman. "Manchester Yunayted" klubiga muxlislik qilaman va bir iltimos bilan sizga murojaat qilmoqchiman. Bilaman, "Liverpul" juda ko'p o'yinlarda g'alaba qozonadi. Agar yana to'qqiz turda g'olib bo'lsangiz, Angliya futboli tarixidagi eng yaxshi mag'lubiyatsiz seriyani qayd etgan bo'lasiz. SHunday vaqtda "Yunayted"ning ashaddiy muxlisi bo'lish juda yomon ekan.

Janob Klopp, iltimos bir safar jamoangizni mag'lub bo'lishga majbur qiling. SHunchaki boshqa jamoa gol urishiga to'sqinlik qilmasangiz bo'lgani. Siz liga yoki boshqa o'yinlarda g'alaba qozona olmasligingizga umid qilaman", — deb yozdi Dara.

Ha, bunday vaziyatda hech kim javob xati kutmagan bo'lsa kerak. Lekin Daraning onasi Trishani pochtaga chaqirishdi va ularning manziliga buyurtma xati kelganini malum qilishdi. Ona hayron bo'lib qoldi, lekin Dara ajablanmadi.

"Onasi farzandiga xat kelganini aytganida, bolakay shunday javob berdi: "Ha, bu Yurgen Klopp!". Va bu xat haqiqatdan ham Yurgen Kloppdan edi", — deydi Gordon Kerli, Daraning otasi.

Yurgen javob xatida quyidagi so'zlarni yozgandi: "Birinchidan, maktub yo'llaganing uchun tashakkur. Menga omad tilamayotganingni tushunib turibman, ammo yosh muxlis bu xatni yozganidan boshim osmonga etdi. So'zlaringni qadrlayman. Afsuski, o'z majburiyatim tufayli sening iltimosingni amalga oshira olmayman. Sen "Liverpul" yutkazishini qanchalik xohlayotganingni sezib turibman. Ammo mening vazifam — "Liverpul" g'olib bo'lishi uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilish va klubga yordam berish. Qolaversa, bu jamoa g'olib bo'lishini istayotgan millionlab insonlar bor. Men ularning ishonchini oqlashim zarur.

Baxtingga, avval yutkazganmiz va kelajakda ham mag'lub bo'lishimiz aniq. CHunki bu — futbol. Sen hali 10 yoshdasan va doim shunday bo'ladi deb o'ylashing tabiiy. Ammo 52 yoshga kirgan inson sifatida seni ishontirib ayta olamanki, hammasi ham sen o'ylagandek emas".

Klopp o'z maktubi yakunida Daraga o'zini ehtiyot qilishini aytib, "MYU"ning shunday muxlisi bo'lgani uchun omadi borligini alohida takidlab o'tdi.

Albatta, Kloppning ushbu xatidan so'ng Daraning oilasi muxlislik qiladigan jamoasini o'zgartirmaydi. Dara "Yunayted"ning "tug'ma muxlisi": otasi ham "MYU" ishqibozi sanaladi.

"U juda tartibli va yaxshi inson. Albatta, "Man Yunayted"ning fanati sifatida "Liverpul" g'alabalaridan achchiqlanaman. Biroq bu Yurgenni hurmat qilmaslik uchun sabab bo'lolmaydi", — deydi bolakayning otasi.

Haqiqatdan ham, "Liverpul" murabbiyi Kerli oilasi hurmatiga loyiq edi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +78   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика