Klopp: "Liverpul" hali ham to'rt turnirda qatnashmoqda, bunaqasi oldinlari bo'lmasdi"
21 fev 2022 23:12
Yangiliklar


Klopp: "Liverpul" hali ham to'rt turnirda qatnashmoqda, bunaqasi oldinlari bo'lmasdi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasi hali ham birorta turnirdan chiqib ketmagani haqida gapirdi.
"Biz hali hamon to'rt turnirda ishtirok etyapmiz. Bunaqasi oldinlari bo'lmasdi. Hozir esa har bir ondan zavq olyapmiz. Bu yanada uzoqroq davom etishini istaymiz va shu orqali ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lyapmiz.
Ammo asosiysi - navbatdagi o'yin. Har doim oldimizdagi o'yin haqida o'ylashimiz kerak", - dedi mersisaydliklar bosh murabbiyi.
"Liverpul" ayni damda APLda 2-o'rinda borayotgan bo'lsa, ECHL va Angliya Kubogida 1/8 finalda kurash olib bormoqda, Angliya Liga Kubogida esa finalga chiqqan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar