Klopp: "Kuchli to'rtlikka kira olmasak kerak"
07 may 2021 22:48
Yangiliklar
Klopp: "Kuchli to'rtlikka kira olmasak kerak"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasining turnir jadvali top-4ga kirishi borasidagi imkoniyatlarini baholadi.
"Ayni damda Mersisayd klubi 7-o'rinni egallab turibdi va chempionat tugashiga 4 tur qolganida dastlabki to'rtlikdan 7 ochko ortda qolmoqda. Jamoaning hisobida 5 o'yin bor.
"Jamoamning kuchli to'rtlikka kira olishiga unchalik ishonmayman. Ammo qo'ldan kelgancha harakat qilamiz va imkoniyat bo'lgan taqdirda undan foydalanamiz.
Ushbu mavsumda biz jarohatlarga qarshi kurashdik. Agarda bunday bo'lmaganida yuqori o'rinlarda bo'lardik", - dedi Klopp.
Fikrlar