Klopp Konatening transferi haqida nimalar dedi?
28 may 2021 22:55
Yangiliklar


Klopp Konatening transferi haqida nimalar dedi?
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Leypcig"dan transfer qilingan Ibraima Konate haqida gapirdi.
"SHunday ajoyib futbolchi bilan tarkibni kuchaytirayotganimizdan xursandman. Ibraimaning potenciallarini bilib olganimdan keyin u menga yoqib qoldi. O'sha paytda u "Sosho" tarkibida harakat qilayotgandi. Ushbu mavsumda ko'plab jarohatlar sababli himoyachilarga muxtoj bo'lib qolganimizdan keyin ushbu poziciyaga futbolchilar olish kerakligini tushundik.
Konate kabi futbolchilar tarkibimizni sifatli qiladi. Uning jismoniy sifatlari ajoyib: tezkor, kuchli va bosh bilan yaxshi o'ynaydi. U faoliyati davomida Bundesligada 90dan oshiq o'yinlarda qatnashdi, evrokuboklarda o'ynadi. SHu orqali uning qanchalik tajribali ekanligini bilib olsak bo'ladi", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar