Klopp Keytadan qutilmoqchi, u yana Germaniyaga qaytib ketishi mumkin
24 mar 2019 23:33
Yangiliklar


Klopp Keytadan qutilmoqchi, u yana Germaniyaga qaytib ketishi mumkin
“Liverpul" yarimhimoyachisi Nabi Keyta katta ehtimol bilan bo'lajak transfer oynasida jamoani tark etadi.
Teamtalk’ning tarqatgan malumotiga ko'ra, mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp futbolchini kelajakdagi rejalariga kiritmagan. Gvineyalik futbolchi APLda o'zini ko'rsata olmayotgani bunga sabab bo'lmoqda deyiladi manbada.
Keyta o'tgan yili “RB Leypcig”dan “qizillar” tarkibiga kelib qo'shilgandi. Hozirda futbolchiga Germaniya grandlari “Borussiya D” va “Bavariya” klublari tomonidan qiziqish bildirilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar