Klopp: "Kellexer – qoyilmaqom darvozabon"
23 dek 2021 20:50
Yangiliklar
Klopp: "Kellexer – qoyilmaqom darvozabon"
Yurgen Kloppning so'zlariga ko'ra, "qizillar" va "Lester" o'rtasidagi Angliya liga kubogi chorak finali qahramoniga aylangan 23 yoshli irlandiyalik Kuivin Kellexer butun jamoani qutqarib qoldi.
"Men uni yana bir bor iqtidorli deb aytmoqchi emasman, lekin u to'pni yaxshi nazorat qila oladigan va o'yinni o'qiy oladigan qoyilmaqom darvozabon. U bunday tomoshabop o'yinda birinchi marta qatnashayotgani yo'q – u "Arsenal" bilan bahsda ham zo'r ko'ringandi. U jamoaga katta yordam berib, bizni musobaqada saqlab qoldi", – dedi Klopp.
Eslatib o'tamiz, o'yinning asosiy vaqtidagi 3:3 hisobidagi durangdan so'ng "Liverpul" – "Lester " to'qnashuv taqdiri penaltilar seriyasida hal bo'ldi. Unda Kellexer penaltini ikki marta qaytardi va jamoasi g'alaba qozonishida katta hissa qo'shdi – 5:4.
Endi "Liveprul" liga kubogi yarim finalida "Arsenal" bilan o'ynaydi.
Fikrlar