Klopp kechagi alamli mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
18 mar 2024 07:28
Yangiliklar
Klopp kechagi alamli mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
Liverpul bosh murabbiyi Yurgen Klopp kechagi uchrashuv haqida fikr bildirdi.
«Juda katta bosimli o'yin bo'ldi. Raqib uchrashuvni yaxshi boshladi, biz esa yo'q. Biz malum vaqt o'yinga moslashish uchun harakat qildik. Vaziyatlardan foydalanish kerak edi, biz unday qilmadik. Uchrashuvda katta ustunlik bo'lsayu, hisob atigi 1 ta top farqi bo'lsa, raqib qaysidir vaziyatda top kirishi va hisobni tenglashtirishi mumkin.
Yigitlar maksimal harakat qilishdi. Natijani qabul qilishga majburmiz. Raqib keyingi bosqichga chiqishga haqli edi. Umuman olganda, biz uchrashuvni ikkinchi bo'limni o'zida tugatishimiz kerak edi. Imkoniyatlardan foydalana olmadik va keyinchalik raqib gol urib ketdi», — dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar