Klopp jamoasining safardagi g'alabali seriyasi haqida fikr bildirdi
02 may 2022 23:32
Yangiliklar


Klopp jamoasining safardagi g'alabali seriyasi haqida fikr bildirdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasining CHempionlar ligasi doirasida safar o'yinlaridagi g'alabali seriyasi haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Mersisayd klubi mehmonda ketma-ket 5 ta bahsda g'alaba qozondi. Klopp shogirdlari "Milan", "Atletiko", "Portu", "Inter" va "Benfika" kabi klublarni mag'lub etishdi.
"Hozir bu haqda o'ylamayapman. Biz har bir o'yinda natijaga erishish uchun kurashyapmiz. Hammasi yaxshi ketmoqda", - dedi Klopp Ispaniyaning “Vilyarreal”iga qarshi CHempionlar ligasi yarim final javob o'yini oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, ertaga "Liverpul" so'nggi 5 yil ichida uchinchi marta CHempionlar ligasi finaliga chiqishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar