Klopp jamoaga "Ayaks" etakchisini olib kelmoqchi
07 may 2019 12:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/494284_original.jpg)
![](/upload/storage/494284_220.jpg)
Klopp jamoaga "Ayaks" etakchisini olib kelmoqchi
"Ayaks" vingeri David Neres Evropaning yana bir top-jamoasi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
"The Sun" xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchini "Liverpul" o'z tarkibiga qo'shib olishni istamoqda. Mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp ancha vaqtdan buyon futbolchining o'yini kuzatib kelmoqda. Oldinroq Neresning xizmatlariga "Yuventus", "Arsenal" va "Manchester Siti" kabi jamoalar qiziqish bildirayotgani borasida malumotlar berilgandi.
Bu mavsumda David Erediviziyada 29 o'yinda qatnashib, 8 gol urdi va 10 golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar