Klopp: "Gvardiola APL dagi g'alabani CHL dan muhim deb hisoblaydi, chunki u anchadan beri LCH finalida o'ynamagan"
28 may 2019 17:57
Yangiliklar


Klopp: "Gvardiola APL dagi g'alabani CHL dan muhim deb hisoblaydi, chunki u anchadan beri LCH finalida o'ynamagan"
"Liverpul" joriy mavsumda "Manchester Siti" bilan birgalikda chempionlik poygasi uchun oxirigacha kurashdi, ammo yakunda "shaharliklar" g'oliblikni qo'lga kiritishdi.
SHu o'rinda "qizillar" sovrin yutish imkoniyatini saqlab qolishdi. CHunki hali CHempionlar Ligasi final o'yini bor.
Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola esa APL da g'olib chiqish CHL dan ko'ra murakkab va qadrliroq deb aytgan edi.
"Gvardiola APL dagi g'alabani CHL dan ko'ra muhim deb hisoblaydi, chunki u anchadan beri bu turnirning finalida o'ynamagan. SHunga qaramay u ajoyib murabbiy va barcha maqtovga sazovordir. Biz ushbu mavsum Premer-ligada g'olib chiqishga harakat qildik, ammo ular eng yaxshi jamoa edilar", - deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar