Klopp: “G'alabadan rohatlanmoqchiman”

2 iyun 2019, 07:52
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp YCHL finalida “Tottenhem” ustidan (2:0) qozonilgan g'alabadan keyin bahs haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Jamoamga oson emasdi – biz salkam uch hafta o'yin amaliyotsiz qolib ketgandik. Finalda eng muhimi natija. Yigitlar hech bir sohada raqibga imkon berishmadi. Aynan shu jihat finalda muhim edi. Alisson bir nechta ajoyib “seyv”larni amalga oshirdi. Ko'p gapirmoqchi emasman, chunki biz g'alaba qozondik. Shunchaki bu yutuqdan rohatlanmoqchiman.

Ehtiroslar avjiga chiqqan kecha bldi, ammo men buni juda bosiqlik bilan qabul qildim. Men uchun kubokni qo'lga kiritish u qadar muhim emasdi. Menga yigitlarning aynan shu sovrin uchun jon jahdlari bilan kurashayotganlari yoqdi. Liverpulga ana shunday yuqori “nota”da borish va u yerda muxlislar bilan bayram qilishimiz men uchun qiziqrov. Ushbu lahzalarni intiqlik bilan kutayapman”, deya Kloppning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA matbuot xizmati.

“Liverpul” 1 iyun oqshomida oltinchi YCHL g'olibligiga erishdi. Final bahsida “qizillar”ga g'alaba keltirgan gollarga Muhammad Saloh va Divok Origi mualliflik qilishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: УЕФА расмий сайти