Klopp: "Faqatgina 4 klub transferlar uchun doimo katta pul sarflay oladi"
28 iyu 2019 16:42
Yangiliklar


Klopp: "Faqatgina 4 klub transferlar uchun doimo katta pul sarflay oladi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp transferlar oynasidagi holat haqida gapirdi.
"Boshqa klublar haqida nimadir deyish qiyin. Ular qay tariqa bunday qilishlarini bilmayman.
Biz hisob bo'yicha to'laymiz. Kechirasiz. Barcha o'z hisobidan pul to'lashi kerak. Biz bu pullarni jamoa uchun ishlatyapmiz. Ammo biz hayolotlar o'lkasida yashamaymiz. Bu erda istaganing doimo ham bo'lavermaydi.
Har hoim ham transferlar uchun katta pul sarflab bo'lmaydi. Umuman olganda dunyoda shunday to'rtta klub bor: "Real", "Barselona", "Manchester Siti" va PSJ. Ular har doim o'zlariga kerak bo'lgani futbolchilarni qiyinchiliklarsiz sotib olishadi. Bizlarni bular bilan solishtirib bo'lmaydi", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar
14:18
Nunesga italyan grandi qiziqmoqda. "Liverpul" hujumchi uchun 50-55 mln evro va bonuslar xohlaydi 1
10:52
"Real" Trentdan so'ng keyingi yil "Liverpul"ning yana bir asosiy himoyachisini tekinga olmoqchi 4

Fikrlar